Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:28

Samarqandda 40 ming dollar, Muborakda 21 million so‘m pora olayotgan amaldorlar qo‘lga olindi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hokimi yordamchisi va tuman moliya bo‘limi rahbari 21 million so‘m pora olayotgan paytda qo‘lga tushdi.

Самарқандда 40 минг доллар, Муборакда 21 миллион сўм пора олаётган амалдорлар қўлга олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:53 0:00


​«O‘zbekiston 24» telekanali 25 sentabrda tarqatgan xabarda aytilishicha, mahalliy hokimiyat amaldorlari qurilish shirkatlaridan biridan 21 million so‘m miqdorida «dolya» talab qilgan.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu ikki shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayni dpaytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bir necha kun oldin Bosh prokuratura Samarqandda ham poraxo‘rlik holati aniqlangani haqida rasmiy bildiruv tarqatgan edi.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Loish shaharchasida yashovchi U. Yo. «O‘zbekiston pochtasi»ning Samarqand filiali direktori Sherali Umarov unga pochta binosidan 30x7 metr yer maydonini ajratish va «O‘zbekiston pochtasi» kuzatuv kengashi qarorini chiqartirib berish evaziga​ yuz ming dollar pora talab qilgani haqida shikoyat yozgan.

Shikoyatda ta’kidlanishicha, Sherali Umarov poraning muayyan miqdorini “o‘zidan yuqori turgan rahbarlarga berishi”ni aytgan.

Tezkor tadbirda Umarov o‘z ish xonasida 40 ming dollar olayotganida qo‘lga tushirilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, Samarqand viloyat prokuraturasi dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda.

11 sentabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov pora olayotganda qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir doirasida Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov sarmoyadorga yer maydoni ajratib berish uchun 400 ming dollar pora so‘ragan.

Andijon shahar hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi To‘xtamurod Qodirov 16 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo‘lga olingani xabar qilindi.

17 sentabrda esa Andijon shahar hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi To‘xtamurod Qodirov 16 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda ushlangani xabar qilingan edi.

Rasmiy ma’lumotlarda To‘xtamurod Qodirov Andijondagi "Jahon bozori" hududida bo‘sh turgan 60 kvadrat metr yer maydonini tadbirkorlardan biriga taklif qilgan hamda kerakli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 17 500 dollar pora so‘ragan.

Tadbirkor so‘ralgan poraning 16 000 dollarini berayotgan paytda Andijon shahar hokimligining bosh mutaxassisi Davlat Xavfsizlik Xizmati Andijon viloyati Boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir doirasida qo‘lga olingan.

XS
SM
MD
LG