Buxoro shahridan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor Ulug‘bek Bahromovning aytishicha, uning qonuniy sotib olgan, xuusiy mulki bo‘lgan omborxonasini shahar hokimligi noqonuniy buzib tashlamoqchi.
“Bizda, Buxoroda, tadbirkorlarning xususiy mulklarini zo‘rlik bilan tortib olishyapti. Keyin bu joyni boshqa odamga qaror chiqarib berishyapti. Oliy sud hozir davo arizamizni ko‘rib chiqmoqda. Qounun bo‘yicha, sud ko‘rib chiqquncha bu joyga hech kim tegmasligi kerak. Lekin bular buzib tashlamoqchi. Buxoroda adolat qolmadi”, deydi Ulug‘bek Bahromov.
----------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!