Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:28

Paxta terimida majburiy mehnatga jalb etish davom etmoqda


Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanida o‘qituvchilarni paxta terishga majbur qilgan rahbarlar jazolandi.

Пахта теримида мажбурий меҳнатга жалб этиш давом этмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:33 0:00

Kegeyli tuman prokuraturasi tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K.Bekimbetov va xalq ta’limi tuman bo‘limi mudirasi A.Allaniyazovani ma’muriy javobgarlikka tortdi.

Ularning har biri Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida, ya’ni 552 ming 900 so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Kegeyli tuman rasmiylari o‘qituvchilarni majburan paxta terimiga jalb qilgani Kun.uz nashriga 6 oktabr kuni kelgan shikoyat ortidan aniqlangan.

Nashr bu shikoyat yuzasidan O‘zbekiston bosh prokuraturasiga murojaat qilgan. Prokuratura esa tekshiruv ishlarini o‘tkazgan.

Shikoyatda Kegeyli tuman xalq ta’limi mudirasi bir necha maktab o‘qituvchilarini paxta terishga majbur qilayotgani aytilgandi.

Joriy yilda prezident Shavkat Mirziyoev bir necha marotaba majlislarda paxta terimida majburiy mehnat qo‘llanilmasligi to‘g‘risida gapirgan va “Dalada paxta yonib ketsa ham majburiy mehnatni qo‘llamaymiz”, deb aytgan edi.

Shunga qaramay, O‘zbekistonda byudjet xodimlarini paxta terimga majburlash joy-joylarda uchrab turibdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ishonch tarmoqlariga 10 sentabrdan 27 sentabrgacha paxta terimiga majburiy jalb qilish holati yuzasidan jami 410 ta murojaat kelib tushgani avvalroq xabar qilingan.

Ulardan 228 tasi Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan ko‘rib chiqildi, 26 tasida qonunbuzarlik holati tasdiqlandi. 202 ta murojaatda paxta terimiga majburiy jalb qilish holati tasdiqlanmadi, deb xabar qildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining o‘z rasmiy saytida.

Bundan tashqari joy-joylarda paxta terimida majburiy mehnatga jalb etish yuzasidan Ozodlikka ham shikoyatlar kelib tushmoqda. Masalan, eng so‘nggi shikoyat Ozodlikka 10 oktabr kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Patrul post xizmati va Jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi xodimlaridan kelgan.

Shikoyatda aytilishicha, xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha alohida militsiya batalyoni xodimlari ayni kunlarda majburan paxta termoqda.

XS
SM
MD
LG