Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:21

Virgin Galactic shirkati bir necha hafta ichida o‘z fazo kemasini uchirmoqchi


Virgin Galactic asoschisi Richard Brenson.
Virgin Galactic asoschisi Richard Brenson.

Britaniyalik tadbirkor Richard Brenson o‘zining Virgin Galactic shirkati bir necha hafta ichida o‘z fazoga kemasini ilk marotaba koinotga yuborishini ochiqladi.

Singapurda CNBC telekanaliga bergan intervyusida milliarder tadbirkor shirkat o‘zining ilk missiyasini fazoga yuborishiga juda oz qolganini, o‘zi esa bir necha oy ichida Yerni vaqtincha tark etishga umid bog‘laganini aytdi.

- Uning ortidan ko‘p o‘tmay fazoga odamlarni chiqaramiz, - deya qo‘shimcha qildi Brenson.

Brensonning Virgin Galactic shirkati Amazon asoschisi Jeff Bezosning Blue Origin shirkati bilan yo‘lovchilarni fazoga olib chiquvchi xizmatni birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘yish yuzasidan bellashmoqda.

Har ikki shirkat pul to‘lagan yo‘lovchilarni bir necha daqiqaga cho‘ziluvchi fazo sayohatiga olib chiqishni rejalashtirgan. Yo‘lovchilar Yer sathidan 100 km masofadagi Karman chizig‘iga yoki AQSh havo kuchlari fazo chegarasi deb hisoblaydigan 80 km masofaga sayohat qiladi.

Bunday balandlikda osmon qorong‘i bo‘lib, yerning yumaloq shaklini bemalol ko‘rish mumkin.

2000 yillarda Xalqaro fazo stantsiyasiga sayohat qilgan ilk sayyohlar millionlab dollar sarflagan edi.

Brenson o‘z shirkati chiptalari narxi 250 ming dollar bo‘lishini, bunday narx ko‘proq odamga fazoga sayohat qilish imkonini berishini ta’kidladi.

- Bir xonada o‘n odam bo‘lsa, ularning sakkiztasi imkoni bo‘lganida fazoga jon deb safar qilgan bo‘lardi, - dedi tadbirkor.

Brenson keyingi o‘n yil ichida fazoga sayohat qilish narxi 40-50 ming dollarga tushishiga umid qilishini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG