Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:33

Toshkent militsiyasi 6-sinf o‘quvchisining o‘qituvchisi tomonidan kaltaklangani voqeasini o‘rganmoqda


Bilolbek yaqinlariga ko‘ra, suratda kaltakdan so‘ng bolaning bo‘ynida qolgan qizargan izlar aks etgan
Bilolbek yaqinlariga ko‘ra, suratda kaltakdan so‘ng bolaning bo‘ynida qolgan qizargan izlar aks etgan

Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 29-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Bilolbekning yaqinlari uning o‘qituvchisi tomonidan kaltaklangani da’vosi bilan ichki ishlar bo‘limiga shikoyat arizasi topshirdi.

Bilolbekning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, u 15 oktabr kuni tarix o‘qituvchisi (Ozodlikka o‘qituvchining ismi-sharifi ma’lum¸ ammo voqea o‘rganish jarayonida bo‘lgani uchun uni ochiqlamayotir - tahr.) tomonidan do‘pposlangan.

Ozodlik gaplashgan o‘qituvchi Bilolbekka nisbatan kuch qo‘llashga majbur bo‘lganini tan oldi, biroq uni urmaganini ta’kidladi.

Voqea 15 oktabr kuni 29-maktabning 6-sinfida tarix darsi bo‘layotgan payt sodir bo‘lgan. Bu haqda Ozodlikka gapirgan Bilolbekka ko‘ra, u dars payti tarix o‘qituvchisi tomonidan kaltaklangan.

- O‘rtog‘im ruchka so‘radi, berdim. Ikkinchi marta men sinf ishini so‘ragandim, keyin tarix ustoz “Nimaga gaplashayapsan” deb boshimga urib, yoqamdan ushlab, koridorga olib chiqib ketdilar-da, rosa urdilar. Devorlarga boshimni urib, bo‘g‘dilar. Keyin yig‘lab, “Direktorga aytib beraman”, desam, orqamdan quvlab, yana urib tashladilar. Boshimni necha marta devorga urdilar. Oldin yuzimga shapaloq urdilar. Keyin boshimni devorga urib, bo‘g‘dilar. Ko‘nglim aynib, boshim aylandi, keyin maktabdan qochib ketdim, deydi Bilolbek Ozodlik bilan suhbatda.

Ozodlikka yo‘llangan suratda Bilolbekning bo‘yin qismida qizargan izlar borligini ko‘rish mumkin. Bilolbekka ko‘ra, bu o‘qituvchisi kaltaklaganidan so‘ng qolgan jarohat izlaridir.

Bilolbekning aytishicha, kaltak yegani uchun ahvoli yaxshi bo‘lmagani bois 16 oktabr kuni maktabga bormagan.

- Boshim aylanib, ko‘nglim ayniyapti. Oldin doktorga bordik. Boshni tekshiradigan apparati yo‘q ekan, hozir 16-gor.bolnitsaga bormoqchimiz, dedi Bilolbek 16 oktabr tushdan keyin.

Tarix o‘qituvchisi Ozodlik bilan suhbatda Bilolbek uni haqorat qilgani uchun unga nisbatan kuch qo‘llaganini tan oldi.

- Darsda tinch o‘tirmadi. Uni 3-4 marta ogohlantirdim. Gap qaytardi. Mavzuni tushuntirib ketayapman, yana qiliq qildi. “Doskaga chiqing”, desam, “Nimaga chiqaman”, dedi. Yoniga bordim. Keyin qo‘lidan tortib, “Doskaga chiqing” desam, yo‘q dedi-da, onadan so‘kdi, meni so‘kdi, haqorat qildi. Srazu izidan chiqdim-da, ushlab oldim qo‘lidan. Yoqasidan ushlab, zaldan tortib keldim. Ozgina qattiqroq tortganim uchun bo‘yni qizarib qolgan. Men ursam, urdim, deyman. So‘kkani uchun jahlim chiqib tortganimda qizargan, deydi 29-maktab tarix o‘qituvchisi.

Ozodlik suhbatlashgan Bilolbekning buvisi, 15 oktabr kuni o‘qituvchi ustidan Ichki ishlar bo‘limiga shikoyat arizasi topshirganini aytdi.

- Kecha balkonda turgandim. Qarasam, soat 9 da kelayapti bola. Hayron bo‘ldim. Kirdi-da, rosa yig‘ladi, ho‘ngrab yig‘ladi. Ko‘ylagi shimidan chiqib, ketgan. “Nima bo‘ldi, Bilolbek” desam, “Tarix ustozim meni urdi, devorga boshlarimni rosa urdi”, dedi. Keyin srazu militsiyaga qo‘ng‘iroq qildik, dedi Bilolbekning buvisi.

Bilolbek yaqinlarining o‘qituvchi ustidan bergan shikoyatini o‘rganayotgan militsiya xodimidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 15 oktabr kuni Bilolbek tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

“Hali ekspertiza xulosasi chiqmadi. Bilolbek qarindoshlarining da’vo shikoyati shu xulosaga bog‘liq bo‘ladi. Ekspertiza xulosasi natijasiga qarab, ish ma’muriy yoki jinoiy ko‘rinishda bo‘lishi aniq bo‘ladi”, dedi ismini oshkor qilishni istamagan militsiya xodimi.

29-maktab direktori Barno Bekmuhammammedova o‘quvchi Bilolbekning tarbiyasi og‘ir bolalardan ekanini aytib, ish boshlaganiga ikki yil bo‘lgan o‘qituvchini oqlashga harakat qildi.

- Bola oxirgi paytda umuman odob-axloq qoidalariga rioya qilmay qo‘ygan. Darslarga kirmasdan, darsga kirganda yozmasdan, o‘qituvchini behurmat qilib, so‘kadi. Butun maktab ped.jamoasi biladi bolaning bunaqa ahvolini, dedi Barno Bekmuhammedova.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xodimi Ixtiyor Maxmatqulovning Ozodlikka aytishicha, har qanday holatda o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan kuch qo‘llashi mumkin emas.

- Hech qaysi holatda o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatish mumkin emas. Agar bola sho‘x yoki tarbiyasi og‘irroq bo‘ladigan bo‘lsayam, masalan, ota-onani maktab rahbariyati chaqirtirib, ota-onani ogohlantirish mumkin. Lekin hech qaysi holat bo‘yicha bolaga kuch ishlatish mumkin emas, dedi Ixtiyor Maxmatqulov.

Тошкент милицияси 6-синф ўқувчисининг ўқитувчиси томонидан калтаклангани воқеасини ўрганмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:42 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonning maktab va bog‘chalarida bolalarlarga nisbatan kuch ishlatish holatlari haqida Ozodlikka oldin ham murojaatlar bo‘lgan.

Jumladan, ayni kunlarda Toshkent shahar, Chilonzor tuman militsiyasi poytaxtdagi 164-sonli maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 1-sinf o‘quvchisini kaltaklagani yuzasidan tergov olib bormoqda.

O‘tgan oy Xorazm viloyat, Bog‘ot tuman prokuraturasi Olimpiada milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 36 yashar murabbiysi shu maktabning 5- sinf o‘quvchisini dars paytida kaltaklagan. Bolaning yaqinlari Ozodlikka 5 sinf o‘quvchisi 20 sentabr kuni kaltaklangani ortidan komaga tushganini aytishgandi.

O‘tgan yili esa, Samarqand shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachining yordamchisi bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘layotgani aks etgan videoyozuvlarni Ozodlik e’lon qilgach, zo‘ravon bog‘cha opa va bog‘cha rahbari ishdan olingan edi.

XS
SM
MD
LG