Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:32

Rossiya va O‘zbekiston mehnat muhojirlari uchun pensiya kelishuvini imzolamoqchi


Rossiya Mehnat vaziri Maksim Topilin
Rossiya Mehnat vaziri Maksim Topilin

Rossiya va O‘zbekiston yaqin kelajakda mehnat muhojirlari uchun pensiya masalasida kelishuv imzolashi mumkin. Bu haqda jurnalistlarga xabar bergan Rossiya Mehnat vaziri Maksim Topilinga ko‘ra, Rossiyada legal tarzda ishlagan va soliq to‘lagan migrantlar muayyan nafaqa to‘lovlariga da’vo qilishlari mumkin.

Prezident Vladimir Putin boshchiligidagi davlat delegatsiya tarkibida O‘zbekistonda bo‘lib qaytgan Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi rahbari Maksim Topilin ikki mamlakat o‘rtasida pensiya kelishuvi masalasida hujjat imzolanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Vazirga ko‘ra, davlat tashrifi davomida Rossiya Mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha federal agentlik (Rostrud) hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida ijtimoiy-mehnat sohasida Memorandum imzolandi.

Moskvaga qaytib, “Izvestiya” nashriga bergan intervьyusida vazir Maksim Topilin Rossiya va O‘zbekiston yaqin kelajakda pensiya Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy tarzda ishlab, tegishli to‘lovlarni amalga oshirib borgan O‘zbekiston vatandoshlari nafaqa to‘lovlarini olishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston tarafi tashabbusi bilan respublikada Rossiyaga mehnat qilgani ketayotgan muhojirlarga ketishidan oldin patent va ishga ruxsatnoma rasmiylashtirish markazini ochilishi masalasi ko‘rilayotgani aytildi.

Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiev o‘rtasida ijtimoiy-mehnat sohasida imzolangan Memorandum bir qancha yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilishni o‘z ichiga olgan.

Unda, jumladan, mehnat bozori tahlili va monitoringi, aholini ish bilan ta’minlash va mehnat migratsiyasini tashkillashtirish, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish va boshqasi aks ettirildi.

Maksim Topilin ikki taraf o‘rtasida mahkama idoralari va aholi bandligi va mehnat sohasida tajriba almashish jarayonlari kuchaytirilishiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shu o‘rinda, Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy saytida Rostrud va O‘zbekiston Mehnat vazirligi o‘rtasida birgalikdagi ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida Qaror imzolangani xabari chiqdi.

“Ishchi guruhini tashkil etishdan asosiy maqsad Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishlari uchun uyushgan tartibda yig‘ish va jalb qilish haqidagi bitimni amalga oshirish hisoblanadi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ayni paytda, Rossiyaga “uyushgan tartibda yig‘ilgan va jalb qilingan” va shaxsiy tashabbusi bilan ishlagani ketgan o‘zbek migrantlari mutlaqo huquqsiz qatlam bo‘lib qolayotgani borasida ko‘p marotaba Ozodlik xabar bergan.

O‘zbekiston Mehnat vazirligi xorijda qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston grajdanlarini vatanga qaytarish bo‘yicha ishlarni boshlagani borasida e’lon qildi. 71 kishidan iborat ishchilarning birinchi guruhi Moskvadan Toshkentga 12 oktabr kuni “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” qatnovi bilan yetib kelgani to‘g‘risida xabar qilingandi.

2018 yil 5-8 sentabr Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining 19-kengashida Rossiya Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridagi (SUVSIG) taxminan 1500 nafar O‘zbekiston Respublikasi grajdanlarini qaytarishga ko‘maklashish haqida kelishuvga erishilgan edi.

XS
SM
MD
LG