Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 02:29

OzodMikrofon: Garajda yashayotgan jizzaxlik ayol uy so‘rash uchun Mirziyoev kelishini kutmoqda (VIDEO)


Гаражда яшаётган жиззахлик аёл уй сўраш учун Мирзиёев келишини кутмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:16 0:00

Jizzax viloyat, Mirzacho‘l tuman, G‘alaba mahallasidagi sobiq urug‘chilik korxonasining tashlandiq garajida eri va ikki oylik chaqalog‘i bilan yashayotgan Lazzat Norqulova prezident Shavkat Mirziyoevning Mirzacho‘lga kelishini kutib yashamoqda.

23 yashar Lazzat Norqulovaga ko‘ra, uning oilasi kam ta’minlangan

oilalar ro‘yxatiga kiritilgan, biroq mutasaddi tashkilotlar uning yordam so‘rab qilgan murojaatlarini be’tibor qoldirmoqda.

- Oldin garaj bo‘lgan binoda 6 oydan beri yashayapmiz. Binoning poli yo‘q, sement qilingan. Shu sement ustiga gilam to‘shab qo‘yganmiz. Lekin sement bo‘lgani uchun juda zax o‘tib ketadi. Chaqalog‘imni ko‘rpaga o‘rab qo‘yaman. Qo‘lbola o‘choq qilganmiz. Bolam uchun nafaqa puli ham berishmayapti. Erim ustachilik qilib, oilamizni boqayapti. Oilamizni kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga kiritishdi. Bizga o‘xshagan boshqa oilalarga yordam berishdi. Nimagadir bizni qoldirib ketishdi. Tuman hokimiga murojaat qildik. Viloyat hokimligiga chiqdik. Portalgacha yozdik. Lekin bizga hech kim yordam bermayapti, deydi Lazzat Norqulova.

Lazzatning aytishicha, u muammolari hal bo‘lishi uchun prezident Mirziyoevning Mirzacho‘lga kelishini kutib yashamoqda.

- Biz tarafga prezident keladi, degan xabar keldi. Kelib qolsa, prezidentga uchrashamiz, deb kutib o‘tiribmiz, deydi Lazzat Norqulova.

Lazzat Norqulova bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Гаражда яшаётган жиззахлик аёл уй сўраш учун Мирзиёев келишини кутмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:05 0:00
Бевосита линк

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG