Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:36

Dunyo yetakchilari Birinchi jahon urushi tugashining 100 yilligiga Parijda yig‘ildi


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron dunyo rahbarlari bilan Parijda, 11 noyabr, 2018 yil, Parij
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron dunyo rahbarlari bilan Parijda, 11 noyabr, 2018 yil, Parij

Fransiyada Birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligiga bag‘ishlangan marosimlar davom etmoqda.

11 noyabr kuni Parijda bundan yuz yil oldin “11 oyning 11 kunida, ertalabki soat 11 da” urushga rasman barham bergan tinchlik bitimi imzolanganining 100 yilligiga bag‘ishlangan marosimda dunyoning 70 ga yaqin yetakchisi qatnashdi.

1918 yilning 11 noyabrida to‘rt yil davom etgan hamda kamida 10 million askar va oddiy fuqaro umriga zomin bo‘lgan urush o‘z yakuniga yetgan edi.

Bugun marosimlarga mezbonlik qilayotgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron poytaxt Parijda urushda halok bo‘lgan noma’lum askar ko‘milgan G‘alaba arkasi oldida nutq so‘zlaydi.

Bugungi marosimlarda Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh prezidenti Donald Tramp, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an hamda boshqa ko‘plab davlat boshchilari qatnashadi.

10 noyabr kuni Makron tinchlikning qadriga yetmaslik yomon oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

Parijda prezident Trampning Putin bilan qisqa muddatli uchrashuv o‘tkazishi ham xabar qilingan. Bu boradagi kelishuvga 23 oktabr kuni Moskvada Rossiya prezidenti bilan AQSh prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton o‘rtasidagi uchrashuvida erishilgan.

Shuningdek, Rossiya va AQSh rahbarlarining shu oyga belgilangan katta yigirmatalik yig‘inida ham yana uchrashishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG