Линклар

Шошилинч хабар
03 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:11

Moskvada o‘zbek muhojiri o‘z vatandoshini pichoqlab o‘ldirdi, yana birini yaraladi


Moskvada qurilishda ishlaydigan 24 yoshli muhojir Abror Nodirov Ozodlik bilan suhbatda notanish o‘zbekistonlik vatandoshi 22 yoshli sherigi Nuriddin Jo‘raevni pichoqlab o‘ldirgani, o‘zini esa yarador qilganini aytdi. Nodirov iddaosicha, 30 oktabr kuni Moskvaning Bibirevo metrosi yaqinidagi do‘kon qurilishida ro‘y bergan qotillikni Rossiya militsiyasi jo‘yali tergov qilmayapti, Moskvadagi o‘zbek elchixonasi esa bu ishni umuman e’tiborsiz qoldirgan. Moskva shahar militsiyasi esa qotillikda gumonlanib 22 yoshli o‘zbekistonlik muhojir qidirilayotganini Ozodlikka tasdiqladi.

Surxondaryoning Qiziriq tumanidan bo‘lgan Abror Nodirovning Ozodlikka aytishicha, 30 oktabr kechki payt qurilishda birga ishlovchi sherigi va yana bir hamyurti orasida gap qochib, avvaliga ular mushtlashishgan.

Keyin esa notanish hamyurti sherigining bo‘yni va yuragiga pichoq sanchgan.

- Men sherigimni qutqaraman deb borganimda meni ham qornimga pichoq sanchdi. Nuriddin shu yerni o‘zida hayotdan ko‘z yumdi. Meni kasalxonaga olib ketishdi.Shifoxonada jarrohlik operatsiyasi qilishdi. Pichoqlagan yigit Samarqanddan ekan, g‘oyib bo‘ldi, hech kim qaerda ekanini bilmaydi, militsiya ham yetarlicha qidirmayapti. Nuriddinni jasadi o‘n kun morgda yotdi, bir hafta oldin tog‘asi jasadni Denovga olib ketdi, - deydi Nodirov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:22 0:00
Бевосита линк

Ayni paytda o‘zbek muhojiri o‘zini pichoqlab yaralagan, sherigini esa o‘ldirgan qotilni ushlash bo‘yicha Moskva militsiyasi yetarli tergov olib bormayotganini iddao qiladi.

- O‘ta xavfli jinoyatchi Rossiyada qochib yuribdi. U O‘zbekistonga ham qaytib borishi mumkin. Lekin, militsiya boshida surishtiruv qilib turib, ishni to‘xtatdi. O‘zbekiston elchixonasi qiziqqani yo‘q, - deydi Abror Nodirov.

Ozodlik ushbu voqea yuzasidan Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasiga bog‘landi.

Elchixonaning Ozodlik suhbatlashgan mulozimi bunday voqea haqida xabarsiz ekanini aytdi.

Moskva shahar Ichki ishlar boshqarmasi esa 30 oktabr kungi qotillik bo‘yicha “Qasddan odam o‘ldirish va og‘ir tan jarohati yetkazish” moddalari bo‘yicha ish ochilgani va 22 yoshli o‘zbekistonlik muhojir qidirilayotganini aytdi.

Rasmiy hisoblarida keltirilishicha, ayni paytda Rossiyada 11 milliondan ortiq mehnat muhojiri yashaydi.

Ularning katta qismi Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekistondan borgan fuqarolar ekani aytiladi.

XS
SM
MD
LG