Qashqadaryo viloyat, Yakkabog‘ tumanida tadbirkorlik qilayotgan Zuhra Muqimovaning “OzodMikrofon” bilan suhbatda iddao qilishicha, prezident nomidan Yakkabog‘ tumaniga kelgan ishchi guruh xalqning dardini eshitmay, faqat hokimlar bergan yo‘nalish bo‘yicha ish qilyapti.
Bir necha yildan buyon avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchasi qurish uchun viloyat hokimidan ruxsat ololmayotgan tadbirkorning fikricha, prezident ishchi guruhi ham uning muammosini hal qilib bera olmagan.
----------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!