Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:22

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning “ambitsiyali islohotlari”ni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi


23 noyabr kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar mutasaddisi Federika Mogerini bilan uchrashadi
23 noyabr kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar mutasaddisi Federika Mogerini bilan uchrashadi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda so‘nggi ikki yilda inson huquqlari vaziyati yaxshilanganini e’tirof etdi.

Европа Иттифоқи Ўзбекистоннинг “амбицияли ислоҳотлари”ни қўллаб-қувватлашини билдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

22 noyabr kuni Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Avstriyaning tashqi ishlar raisi Karin Kneyssl O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan Bryusselda o‘tgan matbuot anjumanida “Men O‘zbekistonda so‘nggi ikki yil ichida inson huquqlari vaziyati umuman olganda yaxshilanganini aytmoqchiman”, deb bildirdi va so‘zida davom etar ekan:

-Biz Yevropa Ittifoqi ro‘yxatida mavjud bo‘lgan mahbuslarning ko‘pchiligi ozod etilganini ko‘rib turibmiz. Men bu ro‘yxatda faqat bir nafar odam qolganini bilaman. Bu ro‘yxatga ehtiyoj qolmasa va barcha ozod etilganlar reabilitatsiya qilinsa juda foydali bo‘lar edi,-deb aytdi.

Karin Kneyssl 23 noyabr kuni O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi hamkorligi yuzasidan kengaytirilgan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlanishini, Ittifoq Toshkentning “ambitsiyali islohotlari”ni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi:

-O‘zbekiston juda ambitsiyali islohotlar dasturini boshladi, bundan mamnunmiz. Bizga har tomonlama taqdim etilgan tafsilotlar islohotlar ambitsiyali ekanini tasdiqladi. Biz O‘zbekiston hukumatiga islohotlarni samarali amalga oshirishda muvaffaqiyat tilaymiz. Yevropa Ittifoqi bu jarayonni, zarurat tug‘ilgan paytda, qo‘llab-quvvatlashga tayyor,-dedi Karin Kneyssl.

23 noyabr kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar mutasaddisi Federika Mogerini bilan O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi hamkorligi yuzasidan kengaytirilgan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni boshlaydi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselga 21 noyabr kuni «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» doirasidagi kengashda ishtirok etish uchun borgan.

22 noyabrda O‘zbekiston vakillari Yevropa Ittifoqi- O‘zbekiston hamkorlik kengashi yig‘ilishida qatnashdi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mazkur yig‘ilish avvalgi yillardagiga nisbatan o‘zaro iltifotli muhitda o‘tganini alohida ta’kidladi.

-Bunga O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Bu inson huquqlari va umuman olganda demokratik siyosiy islohotlar nuqtai nazaridan olib qaralganda, to‘planib qolgan savollarga javob topish yo‘nalishidagi olg‘a siljishdir, -dedi Abdulaziz Komilov.

22 noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Bryusselga tashrifi doirasida umumiy byudjeti 25 million yevro bo‘lgan «Chorvachilik sektorini rivojlantirish», «Adliya organlari tomonidan respublika mintaqalarida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash» loyihalarini Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

XS
SM
MD
LG