Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:27

Qirg‘izistonlik artist "Kuyov salom"ni o‘zbekning qadimiy odati dedi (VIDEO, AUDIO)


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

So‘nggi bir necha kun ichida ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida “Kuyov salom” degan video tarqatila boshlandi va bu kontent o‘zbeklar orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Videoda restoranda o‘tkazilayotgan marosimda erkak qo‘shiqchi “Kuyov salom” aytayotgani, uning yonida esa qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib tik turgan kuyov bolani ko‘rish mumkin.

Mazkur video ijtimoiy tarmoqning o‘zbek kontentida, asosan, salbiy munosabatga ega bo‘ldi. Sharh qoldirganlarning asosiy qismi videoni “Ichkuyov bo‘lsa kerak”, “Bu erkaklik sha’niga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rinish”, “O‘zbekistonda 27 yildan beri yuritilib kelinayotgan manqurtlik siyosati” deb sharhladilar.

Biroq mazkur video O‘zbekistonda emas, Qozog‘istonning Merke shahrida olingani ma’lum bo‘ldi. “Kuyov salom”ni aytayotgan artist esa Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda yashovchi etnik o‘zbek Sirojiddin Kamolovdir.

Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbek Milliy markazining ijrochi direktori, san’atkor Ziyoiddin Kamolovga murojaat qildik.

Suhbatdoshimizning aytishicha, “Kuyov salom” ham “Kelin salom” kabi o‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlaridan biri.

“Bu odat bugungi kunda O‘zbekistonda Samarqand viloyatida, Qirg‘izistonning Bishkek va To‘qmoq shaharlarida, Qozog‘istonning Merke shahrida saqlanib qolgan. “Kuyov salom” Sho‘rolar davrigacha, jumladan, Buxoro amirligida ham mavjud bo‘lgan”, deydi Ziyoiddin Kamolov.

Ziyoiddin Kamolov bilan suhbatni qyida tinglashingiz mumkin.

Зиёиддин Камолов: “Куёв салом” манқуртлик эмас, ўзбекнинг қадимий одати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:15 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG