Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:21

Xalq artisti Yulduz Usmonova reper San Jayni “ahmoq” deb atadi


San Jay-Sanjar Jovberdiev (Surat Turon24dan olindi)
San Jay-Sanjar Jovberdiev (Surat Turon24dan olindi)

San Jay taxallusi bilan tanilgan xonanda, Checheniston xalq artisti 40 yashar Sanjar Jovberdievni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Internetdagi o‘z rasmiy sahifasi orqali qilgan videochiqishida “Mening etagimga yopishib olgan ahmoq”, deb atadi.

Sanjar Jovberdiev 28 noyabr kuni Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Yulduz Usmonova uni haqorat qilganidan xafa bo‘lganini bildirdi.

Bundan oldin Sanjar Jovberdiev mahalliy jurnalistga bergan suhbatida "Yulduz Usmonovaga uning “Qirolicha” qo‘shig‘i g‘oyasini men berganman", degan edi. Yulduz Usmonovaning “darg‘azab videochiqishi”ga Jovberdievning shu iddaosi sabab bo‘ldi.

Usmonova “Qirolicha” qo‘shig‘iga “soqolli bolaning daxli” yo‘qligini ta’kidlab, Sanjar Jovberdievni nafaqat "ahmoq", balki “tug‘mas xotin” ham deb atadi.

“G‘oya ham, so‘zlari ham seniki emas. 30 yildan beri har bir qo‘shig‘imga o‘zim nuqta qo‘yib kelyapman”, – dedi Yulduz Usmonova.

Shuningdek, Yulduz Usmonova San Jayning soqolini ham tanqid qildi.

“Bu soqolli bolani tanimadim. Lekin soqolni sal yig‘ishtirib o‘zini o‘nglab olsa yaxshi bo‘lar edi. “O‘zbeknavo” ("O‘zbekkonsert" demoqchi - tahr.) qaerga qarayapti, bilmadim. San’atkorlar soqol qo‘yishi noto‘g‘ri. Sen san’atkor bo‘lsang, juda ham ideyaga boy bo‘lsang, sen nega unaqa qilib yuribsan? Ikkinchidan, gapingni o‘ylab gapir”, – degan Yulduz Usmonova.

Sanjar Jovberdiev 28 noyabr kuni Ozodlik muxbiri bilan mikrofonsiz suhbatda Yulduz Usmonova uni haqorat qilganidan hafa bo‘lganini bildirdi. Shuningdek, Jovberdiev xalq artisti Usmonova ijrosidagi “Qirolicha” qo‘shig‘i ideyasining egasi ekanligini Ozodlik bilan suhbatda yana bir bora ta’kidladi.

Qo‘shiqchi 2016 yili Rossiyadan qaytib kelganidan keyin ilk bor O‘zbekiston shou-biznes olamida o‘z ijodini 2018 yili namoyon qilgan.

Sanjar Jovberdiev shoir Usmon Azim she’riga bastalangan “Karvon” rok balladasini jamoatchilikka taqdim qilganidan keyin qo‘shiq atrofida turli gap-so‘zlar paydo bo‘lganini aytadi.

Bu qo‘shiq chiqqanida “media-doyalik” qilgan jurnalist Nozim Safarovning Ozodlikka aytishicha, avvaliga xalq hofizi Sherali Jo‘raevlar oilasi a’zolari “qo‘shiq bizniki", deb chiqishgan. Lekin Safarovning fikricha:

- Bu qo‘shiqqa Sherali Jo‘raev egalik qila olmaydi. Chunki ohang boshqacha. Sanjey shoir Usmon Azim so‘zlariga qo‘shiq bastaladi. Bu o‘rinda faqat Usmon Azim haq talashishi mumkin.

Nozim Safarov, shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning Checheniston xalq artistiga “tashlanganiga“ ham munosabat bildirdi:

- Bu qarilik marazmidan boshqa narsa emas. Usmonova o‘z toqatsizligini namoyon qildi.

Munozaraga sabab bo‘lgan “Karvon” qo‘shig‘i haqidagi gaplarga qaytarkan, Safarov qo‘shiqni “o‘zbek shou-biznesining diqqinafas havosini yangilagan toza epkin” deb atadi:

- Shaxsan mening fikrim bunday: remeyk kaver faqat va faqat tahsinga loyiq. Bu mukammal ijro. Jo‘raevlarga esa, faqatgina aqliy salohiyat va madaniy-ijtimoiy yuksalish tilab qolaman. Muxlislardan esa, "tuzukkina " did va toqat istayman. Sandjeyjonga esa - "gazni bos brat, bu bo‘lmag‘urlarga e’tibor qilma, soqolingdan o‘rgilay, imijingdan aylanay" deb qolaman.

Нозим Сафаров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:08 0:00
Бевосита линк

Litsenziyaga halaqit bergan soqol

San Jay-Sanjar Jovberdievning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi litsenziya olishi uchun undan soqolini butkul qirdirib olishni talab qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z qo‘shiqlarini televidenie orqali emas, faqat radio orqali translyatsiya qilish uchun litsenziya olmoqchi bo‘lgan, biroq shunda ham rad javobi berilgan. “Men “O‘zbekkonsert” uchun o‘z imijim va dunyoqarashimni o‘zgartirmasligimni aytdim"¸ dedi suhbatdosh.

Qo‘shiqchi “soqol bilan qo‘shiq aytishga izn berishni” so‘rab joriy haftada O‘zbekiston prezidentiga murojat qilgan edi.

Uning Ozodlikka aytishicha¸ Rossiyadan qarindoshlari iltimosiga ko‘ra qaytgan.

Ramzanni ulug‘lash san’ati

O‘zbekistonda u qadar tanilmagan, hatto ijodini ko‘pchilik musiqa ixlosmandlari yaqingacha bilmagan San Jay 2009 yilda Chechenistonda qo‘shiq kuylab ijodini boshlagan edi.

Uning o‘sha yillardagi repertuari tepasida Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovni madh etib kuylagan qo‘shig‘i turardi.

Qo‘shiqda otasining yo‘lini davom ettirayotgan, Chechenistonni gullatib yashnatayotgan prezident Ramzan Qodirov haqida kuylanadi.

“Ramzan sen Checheniston yuragisan, Odamlar ishonchisan, Ramzan arslon kabi dovyuraksan, Imom kabi adolatlisan, Seni Olloh asrasin” kabi so‘zlar bor o‘sha qo‘shiqda.

Nimaga aynan Ramzan Qodirovni bu qadar madh etganini San Jayning o‘zi Ozodlik bilan 2010 yilgi suhbatda shunday izohlagan edi:

- Chunki man o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim uning ulug‘ligini. Prezident yosh, 33 yoshda.(2010 yilda-tahr) Konsertda man aytganda butun zal turgan¸qarsaklar chalib, xammaga yoqqan¸ - degan edi Jovberdiev.

Ramzan Qodirovni maqtagan qo‘shig‘idan tashqari, uning otasi¸ Chechenistonning o‘ldirilgan prezidenti Axmadhoji Qodirovga atalgan qo‘shig‘i, shuningdek, Chechenistonga bag‘ishlangan “Nohchi Chyo” qo‘shig‘i ham bor (Nohchi chechen demakdir -tahr.)

- Bu qo‘shiq xuddi gimndek chechenlar uchun. Manga juda yoqqan bu qo‘shiq. Bu qo‘shiqni ko‘plar aytishgan - Baskov, Meladze, men ham aytdim. Lekin odamlarni, chechenlarni aytishi bo‘yicha aksentsiz chiroyliroq qilib man aydim. Chunki bu qo‘shiqlarni yaxshi bilish uchun bu yerda yashash kerak.

Mazkur qo‘shiqni eshitib, uning hofizi o‘zbek ekani xayolingizga ham kelmaydi. Xo‘sh¸ Ramzan Qodirov va ramzanparast chechenlarni o‘ziga rom qilayotgan o‘zbek havaskor hofizi Chechenistonga bundan 9 yil oldin qanday borib qoldi? Bu savolga qo‘shiqchi 2010 yili Ozodlik bilan suhbatda to‘xtalgan edi.

-Televideniedan yangiliklarni ko‘rayotgan edim. O‘shanda Chechenistonda machit ochilibdi, Yevropada ikkinchi o‘rinda turadi kattaligi bo‘yicha¸ juda chiroyli.Endi televizorda xamma narsa chiroyli ko‘rinadiku. Keyin Internetda o‘tirib rasmlarini ko‘rdim. Menga juda yoqdi. Xayolan o‘sha yerga borsam degan fikr o‘tdi. Bundan oldin unaqa xayollar bo‘lmagan. Qachonlardir Chechnyada yashashimni, ijod qilishimni xech qachon o‘ylamagandim shu kungacha. Uxladim, tushimda Chechnyaga kelibman uje. Masjidga kiribman, masjidni yonida katta dala bor ekan, shu yerda konsert beribman¸tushimda endi. Ertalab saharda oyimga aytdim, mana shunaqa tush ko‘rdim, nima qilay deb. Oyim aytdilar Chechenistonga bor, masjidni ko‘r, yaxshi bitta qo‘shiq yoz, sovg‘a qilib kel¸ dedilar, - degan edi Ozodlik bilan suhbatda qo‘shiqchi.

2010 yilgi suhbat so‘nggida Sanjar Jaovberdiev Ramzan Qodirovni maqtab bir ikki so‘m pul ishlab¸so‘ngra bu pul evaziga Karimovni maqtaydigan katta qo‘shiq yaratish niyatini aytgan edi:

- O‘zimning yurtimga qaytib kelaman. O‘zbekistonimizdek go‘zal, chiroyli yurt yo‘q men uchun. Zo‘r qo‘shiq yozdim, o‘zimga juda yoqadi. Yurtboshi degan mana shu Islom Abdug‘anievich Karimovga bag‘ishlanadi. Juda zo‘r qo‘shiq.Chunki mana bizning prezidentimiz 20 yildan beri prezident. Hamma prezidentlar ham bunday o‘z joyida turolmaydi. Bizning prezident juda kuchli, kelajagi porloq prezident. I O‘zbekistonga kelganimdan so‘ng shu qo‘shiqlarni Karimovga sovg‘a qilmoqchiman¸ - degan edi Ozodlikka 2010 yili bergan suhbatida Jovberdiev.

2018 yilning 28 noyabrida Ozodlik muxbiri bilan suhbatda qo‘shiqchi yangi prezident Shavkat Mirziyoevning "chetdagi o‘zbeklar kelsin degan chorloviga javoban kelganligini" ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG