Линклар

Шошилинч хабар
03 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:30

Yana ona va bola o‘limi. Bu gal Angrenda (VIDEO)


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Andijon viloyat, Baliqchi tuman tug‘ruqxonasida 36 yoshli ayol va uning qornidagi homilasi o‘lgani haqida Ozodlik xabar berganidan bir kun o‘tib Toshkent viloyatining Angren shahri kasalxonasida ham oy boshida shunday fojia ro‘y bergani ma’lum bo‘ldi.

Bu O‘zbekiston tug‘ruqxonalarida onalar va go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq shu oyning o‘zida Ozodlik aniqlagan uchinchi holatdir.

12 noyabrda Jizzax viloyatida to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirish uchun Zafarobod tuman Markaziy kasalxonasining Tug‘ruq bo‘limiga yotgan ayolning bolasi vafot etgan edi.

Яна она ва бола ўлими. Бу гал Ангренда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00
Бевосита линк

5 noyabr kuni 29 yoshli ayol M.M. uchinchi farzandini tug‘ish uchun Angren shahar markaziy shifoxonasi tug‘ruqxonasiga yotqizilgan. Ayolning qaynonasi Jamila Mamatqulovaning iddao qilishicha, shifokorlar uning va qornidagi bolaning hayotini saqlab qololmaganlar.

Jamila Mamatqulova Ozodlik bilan suhbatda kelini o‘limi haqida aytib berdi:

- Shifokor chiqib "keliningiz o‘ldi" dedi. Yurakka qon haydovchi tomir trombi yorilib ketgan deyishdi. Kirsam kelinimni qornidagi bola tipirchilab yotibdi. 10 minutni ichida bir minut qarasa bo‘lardiku?! O‘g‘lim doktorlarga tiz cho‘kdi, "mashinamni beraman, bolani hayotini saqlab qolinglar", dedi. Keyin bola ham o‘ldi. Qornidagi uch kilo sakkiz yuz, bo‘yi 58 (santimer) bola o‘lik chiqdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:11 0:00
Бевосита линк

Ozodlik suhbatlashgan Angren shahar markaziy shifoxonasi vrachlari mazkur holat yuzasidan tekshiruv yakunlanmaganligi sababli hech narsa gapirolmasliklarini aytishdi.

- Hozir bu bo‘yicha surishtiruv davom etyapti, shahar prokuraturasi shug‘ullanyapti. Biz bu haqda hech narsa ayta olmaymiz, - dedi jamoatchilikka gapirish vakolati yo‘qligi sabab ismi ochiqlanmasligini so‘ragan Angren kasalxonasi shifokori.

Bir kun avval Ozodlik Andijon viloyatining Baliqchi tumani tug‘ruqxonasida ona va homilasi nobud bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Baliqchi tug‘ruqxonasida o‘lgan ayolning Ozodlik bilan suhbatlashgan qarindoshi "tamagir vrachlarning beparvoligi bois, oila nobud bo‘ldi", deb da’vo qilgan edi.

Angrenlik marhum kelinning qaynonasi Jamila Mamatqulova ham “tamagir shifokorlar” sabab kelini va nabirasi nobud bo‘lganini aytdi.

- Tug‘ruqxonadagilar bezrayib qo‘lingizga qarab turadi. O‘sha kuni biron million so‘m olib borganimda balki kelinim ham, nabiram ham o‘lmagan bo‘lar edi. Bular pulga o‘rgangan-da. Prezidentimiz javrab yotibdi og‘zi yirtilguday bo‘lib poraxo‘rlikka chora ko‘riladi, deb. Hech qanday chora yo‘q. Ular o‘qishni ham pulga o‘qigan vrachlar-da, - dedi Jamila Mamatqulova.

Жамила Маматқулованинг икки набираси етим қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:51 0:00
Бевосита линк

Ozodlik shu oyning o‘zida O‘zbekiston tug‘ruqxonalaridagi onalar va go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq uchta holatni aniqladi.

12 noyabrda Jizzax viloyatida to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirish uchun Zafarobod tuman Markaziy kasalxonasining Tug‘ruq bo‘limiga yotgan ayolning bolasi vafot etgan edi.

Ayni paytda, Bosh prokuratura matbuot xizmatining Ozodlikka ma’lum qilishicha, Jizzaxning Zafarobodida qayd etilgan go‘dak o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda shu yilning o‘zida onalar o‘limi bilan bog‘liq 59 ta, bolalar o‘limi bilan bog‘liq esa, 2.706ta holat qayd etilgan.

"Save The Children" tashkiloti hisobotida O‘zbekistonda har ming bolaning beshtasi tug‘ilganidan sal o‘tmay olamdan o‘tishi aytilgan.

Dunyoga kelganidan so‘nggi 30 kun mobaynida ro‘y beradigan bolalar o‘limi hollari esa O‘zbekistonda har ming bolaga 15tani tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG