Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:21

Elektri muntazam uzilayotgan kasalxonada bemor uchun o‘lgandan keyin dori so‘raldi (VIDEO)


ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН – “Отам сунъий нафас олиш қурилмасига уланган эди, аммо ҳар ярим соатда чироқ ўчиб турди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:35 0:00

Qoraqalpog‘istonlik 59 yashar o‘qituvchi elektri har kuni uzilib turgan kasalxonada 14 kun komada yotib vafot etdi. Yaqinlarining iddao qilishicha, bemor o‘lganidan keyin ham do‘xtirlar uning yaqinlariga dori va yegulik olib kelishni buyurgan.

To‘rtko‘l tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi rasmiysi kasalxonada elektr uzilib turganini tan oldi va kasalxona dvijogi faqat jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladigan palatagagina mo‘ljallanganini aytdi. Bu rasmiy marhum uchun dori so‘ralganiga oid savolga javob berishga tayyor emasligini bildirish bilan cheklandi.

Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi ham energiya ta’minotida uzilishlar bo‘layotganini tan oldi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:38 0:00
Бевосита линк

To‘rtko‘l tumanidagi kollejlardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan 59 yashar Aminboy Niyozimbetovning 9 noyabr kuni kunduz soat 2-3 larda o‘zining Tikosida ishdan qaytayotib Do‘stlik qishloq fuqarolar yig‘ini hududida avtohalokatga uchragani va shundan keyingi voqealar tafsilotini Ozodlikka uning jiyani, 30 yashar Ahmad aytib berdi.

O‘nqir-cho‘nqir yo‘lda boshqaruvni yo‘qotib qo‘yib, mashinasini devorga urgan Aminboy Niyozimbetov avtohalokat ortidan tuman markaziy kasalxonasiga hushsiz keltirilgan va 14 kun komada yotib, 22 noyabr kuni vafot etgan.

Marhumning jiyani Ahmad va ukasi Rashid Ozodlikka kasalxonada chiroq muntazam ravishda kuniga 2-3 marta o‘chib turganini aytib berdi. Ularning aytishicha, kasalxonada elektr uzilganida foydalanish uchun dvijok yo‘q, bemorni esa, sun’iy nafas oldirish tizimiga ulab qo‘yishgan.

- O‘zimiz qo‘limiz bilan kachat qilib kislorod berdik. Boshqa iloji yo‘q. Svet yo‘q. Amakimga o‘xshaganlar ko‘p. Hech kimi yo‘q odamlar, kislorod beradigan odami yo‘qlar o‘lib ketaveradi. Biz umid qilib, otamizni 14 kun shunday saqladik, - dedi Ahmad. Bunday gapni marhumning ukasi Rashid ham aytdi.

Marhumning yaqinlari Ozodlikka bu vaziyat aks etgan videoni ham taqdim etdi.

ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН – “Отам сунъий нафас олиш қурилмасига уланган эди, аммо ҳар ярим соатда чироқ ўчиб турди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:35 0:00

Ahmadning aytishicha, komada yotgan amakisi 7 kun deganda qo‘llarini qimirlata boshlagan, 10- kuni biroz ko‘zini ham ochgan.

- 14- kuni bosh vrachning qabuliga kirdik. Balki Toshkentdan vrach chaqirtirish kerakdir, agar shunday bo‘lsa, xarajatini ko‘taramiz, dedik. Bosh vrach bizni amakim yotgan palataga boshladi. Borsak, amakimga qarayotgan do‘xtir “o‘lganiga yarim soat bo‘ldi”, dedi, - dedi Ahmad.

Uning aytishicha, bosh vrachning qabuliga kirishdan 15, uzog‘i bilan 20 daqiqa avval ular (marhumning yaqinlari) davolovchi vrach bilan gaplashgan, vrach bemor uchun dori va har kungiday sho‘rva buyurgan. (Ahmad: “Sho‘rvani komada yotgan amakimga og‘zidan shpritsda berishadi deb tushunganman, lekin qanday berishganini ko‘rmaganman”.)

Ahmad va uning amakisi Rashidning iddao qilishicha, ularning “nega o‘lganiga yarim soat bo‘lgan esa, siz bizga 15 minut oldin, ya’ni o‘limdan keyin dori buyurdingiz?” degan savoliga vrach bunday javob bergan:

“Bemorning o‘lganini ichki ishlar xodimlari kelganidan keyin aytishim kerak, shuning uchun o‘lganning o‘lganini darrov ayta olmayman, organdan odam kelishi kerak edi, shuning uchun aytmayotgan edim”.

Ozodlik muxbiri shu gaplarni aytgani iddao qilinayotgan vrach bilan bog‘lana olmadi.

Ahmad va uning amakisi Rashidning Ozodlik bilan alohida-alohida suhbatlarda aytishicha, ularning komada yotgan yaqini Aminboy Niyozimbetov uchun vrachning ko‘rsatmasiga binoan, har kuni 600 ming so‘mlik dori xarid qilib, kasalxonaga keltirib berishgan.

To‘rtko‘l tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi mudirining Davolash ishlari bo‘yicha muovini Rashid Rajabboev bemorga uning o‘limidan keyin dori buyurilganiga oid savolga “mening bu voqeadan xabarim yo‘q”, deb javob berdi.

Doktor Rajabboev kasalxona elektr ta’minotida uzilishlar bo‘layotganini tan oldi. “Ayrim vaqtda bo‘lib turadi uzilishlar, lekin dvijogimiz bor”, dedi u. Dvijokning quvvatiga oid savolga javoban, Rajabboev uning “operatsionniy bo‘lim uchun” ekanligini aytdi.

To‘rtko‘l tuman elektr tarmoqlari korxonasining Ozodlik qo‘ng‘irog‘iga javob bergan xodimi elektr uzilishlari to‘xtaganini aytdi. Biroq uzilishlar qachondan to‘xtatildi, degan savolga kalovlanib, aniq kunni aytish uchun maxsus jurnalni ochishi lozimligini, jurnal bosh injener xonasida ekanligini, xona egasi esa, qanaqadir majlisga ketganini bildirdi.

O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar yillardan buyon surunkali davom etmoqda. Hukumat bu muammoni hal qilish uchun AES va qator GESlar qurish rejalarini e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG