Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:19

O‘zbekistonda yaqin kunlarda propiskasiz ishlash mumkin bo‘ladi


Propiska to‘g‘risidagi muhr.
Propiska to‘g‘risidagi muhr.

O‘zbekistonda ishga qabul qilishda endilikda propiska talab qilinmaydi. Bu borada Ma’muriy javobgarlik Kodeksiga va Mehnat Kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Ўзбекистонда яқин кунларда пропискасиз ишлаш мумкин бўлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:11 0:00

Adliya vazirligining 14 dekabrda ma’lum qilishicha, Senatning o‘n yettinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi

Qonun prezident tomonidan imzolanganidan va belgilangan tartibda matbuotda rasman e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, Ma’muriy javobgarlik Kodeksidan vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilganlik uchun ish beruvchini ma’muriy javobgarlikka tortishga asos bo‘luvchi 223-moddaning 2-bandi chiqarib tashlandi.

Mehnat Kodeksidan ham ishga kirayotgan shaxs vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan bo‘lsa ishga qabul qilishni rad etish mumkinligi haqidagi qoida chiqarib tashlandi.

O‘zbekistonda hokimiyat almashgan davrdan boshlab propiska masalasi kun tartibiga qo‘yila boshlangan edi.

O‘tgan yil O‘zbekiston hukumati doimiy propiska olish tartibini talab qilingan hujjatlar adadini ozaytirish hisobiga yengillashtirgandi.

Joriy yilning 22 oktabrida esa Toshkentda qurilgan yangi binolarda kvartira sotib olgan O‘zbekiston va xorij vatandoshlariga poytaxtda doimiy yashash propiskasi berilishi belgilab qo‘yilgan.

Hukumat qarori bilan poytaxtda 3300 minimal ish haqiga teng, ya’ni 81,500 dollardan ko‘proq pulga ko‘chmas mulk sotib olgan xorij vatandoshlari va vatandoshligi bo‘lmagan shaxslarga Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida propiskada turishga izn berilgandi.

Aytib o‘tish lozimki, 2017 yilga qadar O‘zbekiston poytaxtida ro‘yxatdan o‘tish amalda deyarli imkonsiz edi.

XS
SM
MD
LG