Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:29

“Ikki bolamni tortib olib, bolalar uyiga topshirishdi”


Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan OzodMikrofon ga arz qilgan 29 yashar Xurshida Tursunovaning aytishicha, uning shar’iy nikohda bo‘lgan eri qamalganidan so‘ng, u uyidan haydab chiqarilgan va ikki bolasi bilan ko‘chada qolgan.

Xurshidaga ko‘ra, u tuman va viloyat hokimiga unga va bolalariga biror boshpana topib berish haqidagi shikoyatlaridan so‘ng, bolalari tortib olinib “mehribonlik uyi”ga, o‘zini esa kasalxonaga joylashtirishgan.

“Bolalarimning biri bir yarim yashar, yana biri esa bir oylik. Kichkinam ona sutiga to‘ymay, bolalar uyida yig‘layapti, o‘zim esa kasalxonada yotibman. Menga bolalarimni qaytarib berishsin, bir boshpana va ish topib berishsin. Qo‘limda hunarim bor, bolalarimni o‘zim katta qilaman”, deydi Xurshida Tursunova.

“Икки боламдан мажбуран ажратиб қўйишди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:03 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG