Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:21

Rossiya: josuslikda ayblanayotgan fuqarolarni AQSh bilan almashishga hali erta


Amerikalik sobiq harbiy dengizchi Pol Vilan
Amerikalik sobiq harbiy dengizchi Pol Vilan

Moskva rahbariyati Vashington bilan o‘zaro fuqaro almashishga hali erta, deb hisoblashini bildirmoqda.

Keyingi oylarda har ikki davlat qarshi taraf fuqarolarini josuslikda ayblab, qo‘lga oldi.

5 yanvar kuni Rossiya rasmiylari Rossiya fuqarosi Dmitriy Makarenko 29 dekabrь kuni AQShning Tinch okeanidagi Shimoliy Mariana hududida qo‘lga olingani, buning ortidan u AQShning asosiy territoriyasiga – Florida shtatiga olib ketilganini ma’lum qilishdi.

Bundan bir kun avval Rossiya Federal xavfsizlik xizmati amerikalik sobiq harbiy dengizchi Pol Vilanni josuslikda ayblab, poytaxt Moskvada qo‘lga olgan edi.

Har ikki davlat o‘z fuqarosi qo‘lga olingani haqida qachon xabar topgani noma’lum bo‘lib qolmoqda.

AQShda Rossiyaning yana bir fuqarosi Marina Butina qo‘lga olingan. Dekabr oyida Butina AQSh sudida Kreml agenti o‘laroq faoliyat yuritganini tan olib, federal ayblovchilar bilan kelishuvga erishdi.

Bundan avval Rossiya o‘z fuqarolarini almashish uchun xorij fuqarolarini qo‘lga olgan holatlar bo‘lgan.

5 yanvar kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov Vilanni Rossiya fuqarosiga almashish haqida so‘z yuritishga hali erta ekani, chunki Vilanga hali rasman ayblov qo‘yilmaganini ta’kidladi.

“Interfaks” agentligining xabar qilishicha, Ryavkov Vilanga qarshi ayblovlar yaqin kunlarda ma’lum qilinishini aytgan.

Moskva va Vashington o‘z hududida jinoyatga qo‘l urishda yoki josuslikda ayblangan boshqa fuqarolarni ham qamoqqa olgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Makarenko qo‘lga olingani haqidagi bildiruvida, unga qanday ayblovlar qo‘yilgani ochiqlanmagan. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, AQSh Makarenko qo‘lga olingani haqida Moskvaga rasman xabar bermagan.

AQShning Rossiyadagi elchixonasi ushbu masalani hali sharhlagani yo‘q. AQSh Davlat departamenti hamda Federal qidiruv byurosi ham hali Makarenko ishi bo‘yicha bayonot e’lon qilgani yo‘q.

Florida sudiga taqdim etilgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Makarenkoga 2017 yilning iyunida Vladimir Nevidomiy bilan mudofaa sohasida ishlatiladigan jihozlarni AQSh ruxsatisiz Rossiyaga yuborish ayblovi qo‘yilgan.

Kelib chiqishi Vladivostokdan bo‘lgan Makarenko 2018 yilning yanvarida AQSh yurisdiksiyasidan qochgan shaxs, deb belgilangan. Sud hujjatlariga ko‘ra, Florida shatatida istiqomat qiluvchi Nevidomiy esa 2018 yilning iyunida aybiga iqror bo‘lgan hamda 26 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Vilan esa 28 dekabr kuni Moskvada qo‘lga olindi. Vilanning oilasi u aybsiz ekani, Moskvaga to‘yda qatnashish uchun borganini aytmoqda.

Rossiyaning Suriya va Ukrainadagi harakatlari, AQSh va boshqa davlatlardagi saylovlarga aralashuvi hamda Britaniyada sobiq Rossiya agenti zaharlanishi ortidan Moskva va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi aloqalar sovib ketdi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Vashington Moskvadan Vilanning qo‘lga olinishini izohlashni so‘raganini ma’lum qildi.

Vilan bir vaqtning o‘zida AQSh, Kanada, Britaniya hamda Irlandiya fuqarosidir.

Vilan qo‘lga olinishi ortidan Britaniya Rossiyani “diplomatik shaxmat o‘yinlarini o‘ynash” oqibatlari haqida ogohlantirdi.

XS
SM
MD
LG