Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:23

MXX polkovnigi Nodir To‘raqulov 16 yilga qamaldi


7 yanvar kuni Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, MXX Tergov boshqarmasi tergov bo‘limining sobiq boshlig‘i, polkovnik Nodir To‘raqulov 2018 yilning 25 oktabrida 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va 81 million 92 ming so‘m jarimaga tortilgan. Hozirda To‘raqulov ustidan ochilgan ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Birinchi ish: To‘raqulovga 16 yillik qamoq

Sobiq MXX (joriy nomi DXX - Davlat xavfsizlik xizmati) polkovnigi To‘raqulovning 16 yilga qamalgani haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Harbiy hay’ati hukmi bilan tanishgan, sud jarayonida jabrlanuvchi sifatida qatnashgan manba Ozodlikka ma’lum qildi.

Nodir To‘raqulov
Nodir To‘raqulov

To‘raqulov ishi bo‘yicha jabrlanuvchi sifatida mahkamada ishtirok etgan surxondaryolik bu yigitning aytishicha, sud Nodir To‘raqulovni 16 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqargan.

Nodir To‘raqulov ishi bo‘yicha o‘tgan mahkama tafsilotlaridan yaxshi xabardor huquqshunos ham sobiq polkovnikka nisbatan sud hukmi chiqqanini tasdiqladi.

To‘raqulov ishi bo‘yicha birinchi epizod yakunlanib, sud hukmi chiqdi. Hozirda ikkinchi epizod bo‘yicha tergov ketayapti”, dedi ismini ochiqlamayotganimiz huquqshunos.

Nodir To‘raqulov ishi bo‘yicha guvohlar va jabrlanuvchilar bilan suhbatlashgan "Ezgulik" jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov ham sobiq polkovnik sudiga oid tafsilotlardan xabardorligini aytadi.

- Polkovnik To‘raqulov Nodir Dilmurodovichga nisbatan Oliy sud harbiy hay’atining 2018 yil 25 oktabrda hukmi chiqqan. Sud hukmiga ko‘ra, Nodir To‘raqulov Jinoyat kodeksining mansab doirasidan chiqish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, pora olish, firibgarlik, tovlamachilik singari 10 dan ortiq moddalari bilan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Bundan tashqari u eng kam ish haqining 400 barobari miqdorida jarimaga tortilgan,- deydi Abdurahmon Tashanov.

Oliy sud Harbiy hay’atida 42 yashar Nodir To‘raqulov bilan birgalikda MXX mulozimlari, prokuror, militsiya va tadbirkorlardan iborat, jami 12 nafar kishi sudlanayotgan edi.

Ayni paytda Ozodlikka To‘raqulov sheriklariga nisbatan qanday jazo berilgani ma’lum emas.

7 yanvar kuni Ozodlik Nodir To‘raqulov va uning sheriklari ustidan o‘tkazilgan sud va chiqarilgan hukm to‘g‘risida O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan ma’lumot so‘radi. Bosh prokuratura To‘raqulov ishi bo‘yicha biror izoh berilmasligini ma’lum qildi.

Ikkinchi ish: To‘raqulov yana bir necha modda bo‘yicha ayblanmoqda

Nodir To‘raqulov va uning sheriklariga oid 08/26612-18-sonli jinoyat ishi o‘tgan yilning 14 avgustida Oliy sud Harbiy hay’atiga yuborilgandi.

Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, To‘raqulovga nisbatan ochilgan ikkinchi jinoiy ish doirasida u yana 10ga yaqin modda bo‘yicha ayblanmoqda.

- Nodir To‘raqulovga nisbatan O‘zbekiston Harbiy prokuraturasining tergov guruhi tomonidan odam o‘g‘irlash, qotillik, tovlamachilik, qiynoqqa solish singari yana o‘nga yaqin moddalari bilan tergov harakatlari olib borilayotgani haqida ma’lumotlar bor. Buni bizning jamiyatimizga jinoyat ishida guvoh sifatida, jabrlanuvchi sifatida qatnashgan fuqarolar kelib aytib berdi,- deydi "Ezgulik" jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov.

To‘raqulov ishi bo‘yicha ochilgan ikkinchi jinoyat ishida jabrlanuvchi sifatida ishtirok etayotgan shaxsning Ozodlikka aytishicha, ikkinchi ish bo‘yicha tergov nihoyasiga yetib qolgan.​

Mirziyoev tanqidi va DXXga aylangan MXX

Sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov O‘zbekiston prezidentining 19 yanvar kuni Qiziriqdagi yig‘ilishda MXXning ayni viloyatdagi boshqarmasi faoliyatini keskin tanqid qilgani ortidan Toshkentda qamoqqa olingan edi.

To‘raqulov qamoqqa olinganidan keyin u ishlagan MXX idorasi rahbari Davlat xavfsizlik xizmati deb o‘zgartirildi¸ uni 23 yil davomida boshqarib kelgan qudratli general Rustam Inoyatov o‘rniga¸ o‘tgan yilning 30 yanvar kuni mamlakat Bosh prokurori bo‘lib ishlagan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi.

DXX raisi Ixtiyor Abdullaev o‘tgan yilning 16 mart kuni Surxondaryo viloyati hokimligida o‘z idorasi mulozimlari¸ xususan uning sobiq polkovnigi Nodir To‘raqulovdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar, korxona-tashkilotlar rahbari va sobiq hokimlar bilan shaxsan uchrashuv o‘tkazgan edi.

ОЗОДЛИК СУРИШТИРУВИ: МХХ ВА НАРКОТРАФИК (ВИДЕО)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:14 0:00

Prezident buyrug‘i bilan qamoqqa olingan Nodir To‘raqulov O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirovning akasining qiziga uylangan¸ to‘rt farzandi bor.

XS
SM
MD
LG