Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:33

Propiska talab qilgan ish beruvchi ham, propiskani tekshirmagan mas’ul ham jazolanadi


10 yanvardan propiska ishga qabul qilishda to‘siq hisoblanmaydi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Telegramdagi kanalida xabar qildi.

Vazirlik e’lon qilgan bu me’yor prezident Mirziyoev 9 yanvarda imzolagan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunda belgilab qo‘yildi.

Qonun matni "Xalq so‘zi" gazetasida 10 yanvarda e’lon qilindi va kuchga kirdi.

Mehnat kodeksining yangilangan 80-moddasiga muvofiq, endilikda vaqtinchalik yoki doimiy propiska yoxud yashash joyi bo‘yicha qaydning yo‘qligi ishga qabul qilishda rad etish uchun asos bo‘lmaydi.

80-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilgan:

“Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo‘lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin”.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdan ham vaqtinchalik yoki doimiy propiska yo‘q yoxud yashash joyi bo‘yicha hisobda turmagan shaxsni ishga qabul qilganlik uchun eng kam ish haqining 10 dan 15 barobarigacha miqdorda jarimaga tortishni ko‘zda tutuvchi 223−2-modda chiqarib tashlandi.

Ayni paytda...

bu yangilik joylarda, xususan, Toshkentda propiskasiz yashasa bo‘laveradi, degani emas.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223- moddasidagi talab 10 yanvarda kuchga kirgan qonun bilan biroz tahrir bilan quyidagicha saqlab qolingan.

223- moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilgan:

“Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan fuqarolarning pasportsiz yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yilishi, xuddi shuningdek fuqarolar tomonidan o‘z turar joylarida shaxslarning pasportsiz yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashashiga yo‘l qo‘yilishi, –

eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Shu paytgacha jarima miqdori kam ish haqining 10 baravari miqdorida bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG