Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:39

Rossiyaliklar Medvedevdan norozi, Putinga ishonchi ozaymoqda


Pensiya yoshi ko‘tarilishidan norozilar namoyishida ko‘tarilgan plakatlardan biri. Moskva, 2018, 22 sentabr.
Pensiya yoshi ko‘tarilishidan norozilar namoyishida ko‘tarilgan plakatlardan biri. Moskva, 2018, 22 sentabr.

Rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi hukumat iste’foga chiqishi kerak, degan fikrda. Bu jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Levada-sentr” o‘tkazgan so‘rovdan ma’lum bo‘ldi.

Rossiya hukumatiga mutlaqo e’tirozi yo‘qligini bildirganlar esa, atigi 7 foizni tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi.

O‘tgan yilning dekabrida “Levada-sentr” ijtimoiy so‘rov markazi olib borgan tadqiqotlar rossiyaliklarning 53 foizni hukumat iste’foga ketishi kerak, deb hisoblashini ko‘rsatgan. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 33 foiz edi.

Putin boshqarayotgan tizimga bo‘lgan aholining asosiy e’tirozlari narx-navoning oshishi va aholi daromadining pasaygani (57% respondent), odamlarni ish bilan ta’minlay olmaslik (46 % respondent) va grajdanlarning ijtimoiy himoyasiz qolgani (43 % respondent) bilan bog‘liq ekani qayd etildi.

Shuningdek, so‘rovdan o‘tgan aksar rossiyaliklar Medvedev boshqarayotgan hukumatni iqtisodiyotdagi inqirozni to‘xtata olmayotganlikda (43%) va korrupsiyada (32%) aybladi.

Sotsiologlar savollariga javob bergan rossiyaliklarning 7 foizi amaldagi hukumatga mutlaqo e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.

Ayni damda, Iqtisodiy va siyosiy islohotlar markazi 2018 yilda Rossiyada oldingi yilga nisbatan aholi orasida norozilik kayfiyati keskin kuchayganini qaydga oldi. Ekspertlar Rossiya aholisining noroziligi oshib borishiga eng avvalo nafaqa yoshining 60 (ayollar) va 65 ga (erkaklar) ko‘tarilishi bilan bog‘lamoqda. Medvedev boshqarayotgan vazirlar mahkamasi yangi 2019 yil boshidan Rossiyada Qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) ham 18 dan 20 foizga ko‘tardi.

Hukumat kiritgan bu va boshqa iqtisodiy-siyosiy o‘zgartishlar mamlakatda tovar va xizmatlar bahosining keskin oshishiga va rublning yanada qadrsizlanishiga olib keldi.

“Levada-sentr” sotsiologi Marina Krasilnikova oxirgi yillarda Rossiya aholisining Medvedev boshqarayotgan hukumat va shaxsan prezident Vladimir Putinga bo‘lgan ishonchsizligi oshib borayotgani qayd etilayotganini ta’kidlab, jurnalistlarga dedi:

- Odamlarning asosiy e’tirozlari birinchi navbatda hukumatga, biroq prezidentga bo‘lgan ishonch ham so‘nib qolgani kuzatilmoqda. Jamoatchilik kayfiyati tinimsiz yomonlashib borayotir. Eng muhimi, oxirgi vaqtlarda odamlar hukumatga bo‘lgan e’tirozlarini konkret tarzda ifoda etishga o‘tdi. Ya’ni, ular davlatga ishonmay qo‘ydi. Agarda aholida boshqa hukumat bo‘lishi mumkinligiga hatto ishora bo‘lganida, hukumat iste’fosi tarafdorlari soni ancha ko‘proq bo‘lardi.

Shunga qaramasdan, tadqiqotchi Vladimir Putin reytingi keskin tushib borayotgan o‘z safdoshi Dmitriy Medvedev hukumatini iste’foga chiqarmasligini taxmin qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning saylov reytingi keyingi besh yil ichida ilk marotaba 60 foizdan pastladi.

“Levada-sentr”ning 2018 yilg 22 noyabr kuni e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra, 2024 yilgi prezident saylovida Putinga ovoz berishini izhor qilgan rossiyaliklar soni 56 foizni tashkil qilgan.

O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 66 foiz edi.

XS
SM
MD
LG