Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:19

Qirg‘iziston: Vitse-spiker parlamentga “futbolka” kiyib kelgan odamdan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi


Bo‘yinbog‘ taqqan vitse-spiker (chapda) bo‘yinbog‘siz hukumat amaldoriga tanbeh bermoqda.
Bo‘yinbog‘ taqqan vitse-spiker (chapda) bo‘yinbog‘siz hukumat amaldoriga tanbeh bermoqda.

Qirg‘iziston parlamenti raisining o‘rinbosari Mirlan Bakirov 17 yanvar kuni Maorif va fan vazirligi qoshidagi Dastlabki kasbiy ta’lim agentligining moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i Talantbek Tinisovdan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.

Қирғизистон: Вице-спикер парламентга “футболка” кийиб келган одамдан узр сўрашга мажбур бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

Talantbek Tinisov parlament yig‘ilishiga ko‘ylak va galstuk o‘rniga deputatlar “futbolka” deb hisoblagan sviter kiyib kelgani uchun izza qilingan edi.

Talantbek Tinisov dastlab deputat Almazbek To‘kto‘rov tomonidan “izza qilindi”. Deputat: “Nima uchun Jogorku Keneshga futbolka kiyib keldingiz?” deb do‘q urdi.

Talantbek Tinisov: “Rahbarimiz kasal bo‘lib qoldi. Shunining uchun menga faqat ertalab ishga kelganimda “Sen parlamentga borasan”, deb aytishdi. Men futbolka emas, sviter kiyib kelganman. Bu yerga men emas, rahbarimiz kelishi lozim edi”, deb javob bergan.

Shundan so‘ng parlament raisining o‘rinbosari Mirlan Bakirov ham “g‘aribona kiyingan” amaldorni “bozorchi”ga o‘xshatdi.

-Nima, parlament sizga bozorga o‘xshab ko‘rindimi? Siz qo‘mitalar chaqirgan odamlar ro‘yxatida ham yo‘q ekansiz. Boring, ketavering,-dedi Mirlan Bakirov.

Deputatlarning g‘aribona kiyingan odamga “hujum qilgani” to‘g‘risidagi video telekanallar va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ketdi. Bu video bir kun ichida bir necha o‘n ming marta muhokama qilinib, keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Parlamentga tez-tez chaqirtirilib turiladigan faollar tarmoqlarda “Bundan keyin biz ham futbolka kiyib boramiz. Bir odamning kiyimi tufayli izza qilinib parlamentdan haydab chiqarilishi diskriminatsiya va inson huquqining buzilishidir”, deb yozmoqdalar.

Ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan yuzlab sharhlarda esa parlament deputatlari “takabburlik va kibr”da ayblanmoqdalar.

Ayrim sharhlarda: “Deputatlar, hammangiz bozorda savdogar bo‘lganingiz yolg‘onmi? Endi o‘zingizcha “odam” bo‘lib qoldingizmi? Bir insonni kamsitishga qanday haqqingiz bor? Kechirim so‘ranglar”, degan fikr ustunlik qilmoqda. Ozroq sharhlarda esa :”Hukumat amaldori parlamentga ko‘ylak, galstuk va kostyum-shimda borishi shart edi”, degan fikrlar bildirilgan.

Bunday ommaviy norozilik ortidan parlament raisining o‘rinbosari Mirlan Bakirov ko‘ylak va galstuk o‘rniga deputatlar “futbolka” deb hisoblagan sviter kiyib kelgani uchun izza qilingan Talantbek Tinisovdan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. Biroq bu “uzr” ijtimoiy tarmoqlarda “otdan tushsa ham egardan tushmagan” shaxsning uzri qatorida baholanmoqda.

-Birovni kechira bilishlik buyuk hislat. Birovdan uzr so‘rash orqali odam ulug‘likdan tushib qolmaydi. Shuning uchun gaplarimiz o‘sha odamga, uning oila a’zolariga, jamoatchilikka og‘ir botgan bo‘lsa, u holda men uzr so‘rayman,-dedi Mirlan Bakirov.

XS
SM
MD
LG