Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:22

Facebook: Mirziyoev muxlislari sayti Rossiyadan boshqarilgan!


Facebook mana shu sahifa ham Moskva tomonidan boshqarilganini ma’lum qildi.
Facebook mana shu sahifa ham Moskva tomonidan boshqarilganini ma’lum qildi.

Facebook shirkati Facebook tarmog‘i va Instagram’dagi kamida 300 sahifani “muvofiqlashtirilgan tarzda ishonchsiz harakatlarni amalga oshirganlik”da gumonlab o‘chirib tashladi.

Facebook 17 yanvarda e’lon qilingan hisobotida bu sahifalar Kremlning loyihasi bo‘lgan “Rossiya segodnya” agentligi hamda unga qarashli “Sputnik” internet nashri tomonidan postsovet davlatlarida to‘g‘ri bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatish uchun foydalanib kelinganini bildirdi.

“Bu ish boshqa mamlakatdan turib amalga oshirilgan. Masalan, Tojikiston prezidentiga bag‘ishlangan sahifa Rossiyada ochilgan. Yana bir sahifa “Shavkat Miromonovich Mirziyoev tarafdorlari tomonidan boshqarilishi” iddao qilingan bo‘lsa-da, aslida Rossiyadan turib boshqarilgan”, deyiladi hisobotda.

Birgina 2017 yilning 10 oktabrida bu kabi sahifalar Gruziya, Armaniston, Latviya, Litva, Estoniya, Qirg‘iziston, Tojikiston va Checheniston uchun ham Facebook tarmog‘ida tashkil qilingan. Bu sahifalarda “Sputnik” internet nashri xabarlari, asosan Rossiya targ‘ibotiga mo‘ljallangan ma’lumotlar, jumladan, noto‘g‘ri ma’lumotlarga asoslangan xabarlar berib borilgan.

O‘zbekiston uchun «Uzbekistan, ya prines vam novosti» degan rus tilidagi sahifa ham tashkil qilinib, undagi barcha ma’lumotlar Google sahifasiga olib chiqqan. Google esa “Sputnik O‘zbekiston” saytiga ishorat bergan. Bu ish ma’lumot manbasini reklama qilmagan holda “Sputnik O‘zbekiston” sayti trafigini oshirish maqsadida amalga oshirilgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidentiga oid ma’lumotlar ijobiy ruhda berib borilgan. NATO va Boltiqbo‘yi davlatlaridagi ruslar ahvoli haqida asosan salbiy ma’lumotlar berilgan.

Birgina Tojikiston, O‘zbekiston va Checheniston prezidentlariga bag‘ishlangan sahifalarning 150 mingta obunachisi bo‘lgan.

“Sputnik O‘zbekiston” sayti 17 yanvar kuni Facebook sahifalarining o‘chirilishiga munosabat bildirar ekan: “Facebook ijtimoiy tarmog‘i Sputnik axborot agentligiga tegishli bo‘lgan 500 dan ortiq sahifalarini o‘chirib tashladi. Sputnik ma’muriyatida bunday qadamni “faqat siyosiy sabablarga ko‘ra” va “haqiqiy senzura” deb atashdi”, deb xabar berdi.

Biroq Facebook hisobotida “Sputnik” internet nashriga taaluqli ekanini yashirgan va o‘zlarini mustaqil manba sifatida taqdim qilganlar ijtimoiy tarmoq vostasida “ma’lumot tarqatilayotgan davlatlarda jamiyat orasida adovat urug‘ini sochishga” uringan bo‘lishi mumkinligi aytiladi.

Facebook kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Nataniel Gleyxer mazkur sahifalarni boshqarishda “Rossiya trollar fabrikasi”, deb aytiladigan “Internetni tadqiq qilish markazi”ning ishtiroki borligini ehtimoldan soqit qilmaydi.

Sankt -Peterburgda joylashgan va Kremlga aloqador tadbirkor Yevgeniy Prigojin tomonidan moliyalashtiriladigan bu markaz Facebook, Google va Twitter orqali Rossiya manfaatlarini targ‘ib qilish maqsadida yolg‘on xabarlarni tarqatishga ixtisoslashgani aytib kelinadi.

XS
SM
MD
LG