Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:35

Turkiyalik Chilingir: Nodir To‘raqulov tortib olgan 120000 yevrolik mashinamni qaytarib ololmayapman!


Turkiya vatandoshi Yaver Chilingir Kamazi oldida.
Turkiya vatandoshi Yaver Chilingir Kamazi oldida.

Turkiya vatandoshi Yaver Chilingir iddaosiga ko‘ra, 2012 yilda MXX polkovnigi Nodir To‘raqulov uning firmasiga tegishli yuk mashinasini olib qo‘ygan. To‘raqulov hibsga olingach, mashinasini qaytarish umidi bilan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganini aytgan Chilingirga ko‘ra, hozircha biror natijaga erishmagan.

“120 ming yevrolik mashinamni qaytarib berishsin”

Turkiya vatandoshi 57 yashar Yaver Chilingirning Ozodlikka murojaat qilib, aytishicha, u Niderlandiyaga qarashli Reynard firmasining Afg‘onistondagi bo‘limini boshqaradi. Chilingir iddaosiga ko‘ra, 2012 yilda Nodir To‘raqulov uning firmasiga tegishli yuk mashinasini olib qo‘ygan.

- 120 ming yevrolik Kamaz, pritsepi bilan birga, deydi Chilingir.

Chilingir o‘tgan yilning may oyida huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, To‘raqulov tomonidan olib qo‘yilgan mashinasini qaytarib, olish uchun harakatlarini boshlagan.

- May oyida mahkamaga murojaat qildim. Toshkentga 3-4 marta borib-keldim. Harbiy prokuraturaga bordim. Harbiy prokuratura “Biz barcha hujjatlarni Termizga jo‘natamiz. Termizdagilar sizga xabar berishadi” deyishdi. 2012 yilda Nodir To‘raqulov soxta ayblovlar bilan firmamizning Kamaz haydovchisini ushlab, uni O‘zbekistondan deport qildirdi. Kamazni esa olib qo‘ygandi. To‘raqulovni o‘zini ushlab, “undan jabr ko‘rganlar murojaat qilsin”, deyishgach, men ham Kamazni qaytarishni so‘rab va haydovchimizni nohaq tergov qilishgani yuzasidan murojaat qildim, deydi Yavir Chilingir.

O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi tomonidan 2018 yilning 6 iyul kuni Yaver Chilingir nomiga jo‘natilgan hujjatda aytilishicha, uning shikoyatlari o‘rganilib, bu ish “DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi sobiq xodimlari N. To‘raqulov va boshqalarga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi hujjatlariga qo‘shilgan”.

“Kamazni To‘raqulovning qudasinikidan topdik”

Chilingirning rafiqasi Shahodat Botirovaga ko‘ra, erining firmasiga tegishli yuk mashinasini o‘tgan yozda Nodir To‘raqulovning qarindoshining uyidan topishgan.

-Biz borib topdik Kamazni. Nodir To‘raqulovning qudasi Erkinning bazasidan topdik. Keyin biz yana murojaat qilishni boshladik. “Nimaga u yerda turibdi. Nimaga Kamaz ishlatilayapti? Ishlatilmasligi kerak ediku. Bizga Toshkentdan aytishgandi, “Kamaz ishlatilmaydi, sizlar olmaguncha”, deb, - deydi Chilingirning rafiqasi.

Shahodat Botirovaga ko‘ra, ularning shikoyati ortidan yuk mashinasi To‘raqulovning qarindoshidan olingan.

- Termiz shahri chekkasida katta stoyanka- kemping bor. Nodir To‘raqulov tomonidan olingan Kamazlar, har-xil avtoulovlar turadigan joy ekan. Bizning Kamazni ham shu kempingga olib borib qo‘yishdi, deydi Shahodat Botirova.

“Kamazni dxxchilar o‘ziga olishibdi”

Lekin Chilingirning aytishicha, yaqinda mashinaning sotilib ketganini aniqlashgan.

Kamazga tegishli hujjat
Kamazga tegishli hujjat

- Mashinada GPS bor. Shuning yordamida mashinaning qaerga borib, kelganini tekshirib turdim. Yaqinda qarasam GPS ishlamadi. GPSni mashinadan olib tashlashgan. O‘zim chet eldaman. Termizda qolgan rafiqam borib, aniqladi. Mashinani boshqa birovga sotib yuborishgan. Lekin men hali prokuraturadan javob kutayapman. Chunki ular mening murojaatimga oxirgi javobni berishmadi, deydi Chilingir.

Chilingirning rafiqasiga ko‘ra, Surxondaryodagi DXX xodimlari yuk mashinasi endilikda ularniki ekanini aytishgan.

- Milliy xavfsizlik xodimlari “Bu Kamazni Milliy xavfsizlik o‘zining nomiga o‘tkazib, yubordi. Sizlar kech qoldinglar. Harbiy prokuratura bizga o‘tkazib berdi” deyishdi. Kamazga O‘zbekiston nomerini qo‘yib ishlatishayapti, deydi Shahodat Botirova.

DXXning matbuot uchun yopiqligi bois Surxondaryo viloyati DXX boshqarmasidan Yaver Chilingir shikoyati yuzasidan biror izoh olish imkoni bo‘lmadi.

Ozodlik Turkiya vatandoshi Yaver Chilingir shikoyati yuzasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan ma’lumot so‘radi. Bosh prokuratura To‘raqulov ishi bo‘yicha biror izoh berilmasligini ma’lum qildi.

Mirziyoev tanqidi va DXXga aylangan MXX

2018 yilning 25 oktabrida MXX Tergov boshqarmasi tergov bo‘limining sobiq boshlig‘i, polkovnik Nodir To‘raqulov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va 81 million 92 ming so‘m jarimaga tortildi. Hozirda To‘raqulov ustidan ochilgan ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Nodir To‘raqulov
Nodir To‘raqulov

Sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov O‘zbekiston prezidentining 19 yanvar kuni Qiziriqdagi yig‘ilishda MXXning ayni viloyatdagi boshqarmasi faoliyatini keskin tanqid qilgani ortidan Toshkentda qamoqqa olingan edi.

To‘raqulov qamoqqa olinganidan keyin u ishlagan MXX idorasi rahbari Davlat xavfsizlik xizmati deb o‘zgartirildi¸ uni 23 yil davomida boshqarib kelgan qudratli general Rustam Inoyatov o‘rniga¸ o‘tgan yilning 30 yanvar kuni mamlakat Bosh prokurori bo‘lib ishlagan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi.

DXX raisi Ixtiyor Abdullaev o‘tgan yilning 16 mart kuni Surxondaryo viloyati hokimligida o‘z idorasi mulozimlari¸ xususan uning sobiq polkovnigi Nodir To‘raqulovdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar, korxona-tashkilotlar rahbari va sobiq hokimlar bilan shaxsan uchrashuv o‘tkazgan edi.

XS
SM
MD
LG