Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:29

O‘zbekistonda ayollarning sun’iy yo‘l bilan homilador bo‘lishiga ruxsat berilishi mumkin


Oliy Majlisning quyi palatasiga ayollarning sun’iy yo‘l bilan homilador bo‘lishiga ruxsat berilishi nazarda tutilgan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi taqdim etildi.

Ўзбекистонда аёлларнинг сунъий йўл билан ҳомиладор бўлишига рухсат берилиши мумкин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

O‘zbekistonda turmushga chiqqan ayollarning 5 foizdan ortiqrog‘i farzand ko‘ra olmaydi

Mahalliy nashrlarning 23 yanvar kuni xabar berishlaricha, qonun bepusht ayollarning farzand ko‘rish huquqini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Xabarda aytilishicha, jahon miqyosida oila qurganlarning 10-15 foizi bepusht ekani aniqlangan. O‘zbekistonda o‘tkazilgan qator tadqiqotlar esa turmushga chiqqan ayollarning 4,9 foizidan 5,3 foizigacha bo‘lgan qismi farzandli bo‘lish baxtidan mosuvo ekanini ko‘rsatgan.

“Mazkur qonun loyihasi O‘zbekistonda xorij mamlakatlarida keng qo‘llanilayotgan va zamonaviy bo‘lgan sun’iy yo‘l bilan urug‘lantirish orqali bola tug‘dirish va sog‘lom genofondni shakllantirish uchun sog‘lom tuhum xujayralarini tanlab olish amaliyotidan foydalanishga imkoniyat yaratib beradi”, deb aytgan Oliy Majlis quyi palatasining salomatlikni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Nuriya Aytjonova.

Ekspertlar: Surrogat onalik va embrionlar donorligiga ruxsat berishga hali erta

Qonun loyihasida bu yo‘nalishda davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish muammolariga ham e’tibor qaratilgan.

Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, qonun loyihasini mukammallashtirish jarayonida bo‘lib o‘tgan muhokamalarda ekspertlar O‘zbekistonda surrogat onalik va embrionlar donorligi kabi zamonaviy va qo‘shimcha reproduktiv amaliyotni joriy etishga hali erta, degan yakdil fikrga kelganlar.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalariga sun’iy urug‘lantirish amaliyotini o‘tkazishga ruxsat berilmagan. Shuning uchun bepusht ayollar sun’iy yo‘l bilan homilador bo‘lish uchun Turkiya, Rossiya, Isroil kabi davlatlarga borishga majbur bo‘lmoqdalar.

O‘zbekiston muftiyatining "Sun’iy urug‘lantirish haqida"gi fatvosi

2018 yilning fevral oyida O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasining rasmiy saytida sun’iy urug‘lantirish masalasi shu kunlarda dolzarb mavzulardan biriga aylanib borayotgani qayd etilgan va "Sun’iy urug‘lantirish haqida"gi fatvo e’lon qilingan edi.

"...Ayrimlar yetti yot begona insonning urug‘idan homilador bo‘lib, qilgan ishi joiz emasligini bilgach, endi nima qilaman, deb bosh qotirayotgani ko‘pchiligimizga ma’lum. Shu nuqtai nazardan, sun’iy urug‘lantirish borasida dinimiz ta’limotida nima deyiladi, qanday usuli joiz-u, qaysinisi harom? Mo‘min-musulmonlar ham bu usullardan foydalansa bo‘ladimi? Shu kabi savollarga batafsil javob beruvchi, ushbu masalalarga aniqlik kirituvchi barcha hukm va ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan fatvo ishlab chiqish va xalqimizga etkazish bo‘yicha ulamolar qator izlanishlarni olib borishdi", deyiladi rasmiy xabarda.

Muftiyatning "Sun’iy urug‘lantirish haqida"gi fatvosida bildirilishicha, “Sun’iy urug‘lantirish amaliyotini o‘ta zarur holatda va faqat o‘rtalarida shar’iy aqdi nikohlari bo‘lgan er-xotinlar orasidagina amalga oshirish mubohdir”.

Bu holatda “erkak va ayolning urug‘larini saqlashda begona shaxslarniki bilan aralashib ketmasligi uchun barcha ehtiyot choralarini ko‘rish va albatta, uni ishonchli tabib amalga oshirishi shart” bo‘ladi.

“O‘rtalarida nikoh bo‘lmagan erkak va ayol o‘rtasida sun’iy urug‘lantirish amaliyotini o‘tkazish shar’an man’ etiladi. Dinu diyonatiga bee’tibor bo‘lmagan, naslu nasabining pok bo‘lishini muhim deb bilgan mo‘min-musulmonlar sun’iy urug‘lantirishning man’ etilgan usulidan foydalanishdan hazarda bo‘lsinlar”, deyiladi fatvoda.

XS
SM
MD
LG