Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:19

Moskvada terrorchilikda ayblangan 11 nafar o‘zbek uzoq yillarga qamaldi


Moskvada terrorchilikda ayblanib qo‘lga olingan o‘zbeklardan biri. Manbalar u hatto namoz o‘qishni ham bilmaganini aytganlar.
Moskvada terrorchilikda ayblanib qo‘lga olingan o‘zbeklardan biri. Manbalar u hatto namoz o‘qishni ham bilmaganini aytganlar.

Moskva okrug harbiy sudi 24 yanvar kuni O‘zbekistonning uch fuqarosini terrorchilik harakatlarini rejalashtirganlikda aybdor deb topdi.

«Moskovskaya Gazeta»ning sudga tayanib xabar berishicha, o‘zbekistonliklar bilan birga yana 8 nafar qirg‘izistonlik, jami 11 odam 6 yildan 18 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston fuqarolari B.Mahmudov, F. Qodirov, Sh. Isroiljonov, Qirg‘iziston fuqarolari M. Vohidov, D. Vohidov, I. Rasulillaev, T. Mirzajanov, Sh. Umarov, U. Faxriddin, R.To‘raqulov, Sh. Esonboev Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Terror harakati)da ayblanib 2016 yilning noyabrida qo‘lga olingan edi.

Tergovning iddao qilishicha, sudlanuvchilarning barchasi «Islom davlati» guruhining a’zolari bo‘lgan. Ular Moskvada va Sankt-Peterburgda o‘qotar qurol va portlovchi modda ishlatib terror harakatlarini sodir etishni rejalashtirganlar.

Ozodlik radiosi 2016 yilning 21 noyabrida sud rasmiysiga tayangan holda qo‘lga olingan 1993 yilda tug‘ilgan Shuhratbek Esonboev, 1968 yilda tug‘ilgan Ro‘ziboy To‘raqulov, 24 yashar Fazliddin Qodirov va 22 yashar Tolibjon Mahmudovlar O‘zbekiston fuqarolari ekani to‘g‘risida xabar bergan edi.

2016 yilning dekabrida esa Moskva va Moskva viloyatida FSB o‘tkazgan keng ko‘lamli amaliyotda 25 nafar markaziy osiyolik qo‘lga olinib, ulardan 12 nafar o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlikka “Hizbu-ut-Tahrir” tashkiloti halqasini tuzish bo‘yicha ayblov bildirilgan.

2017 yilning 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida 10 kishi qurbon bo‘lgan, 37 kishi jarohatlangan terror harakatiga aloqadorlikda gumonlanib yana bir qator o‘zbeklar qo‘lga olindi.

Jumladan, rossiyalik tergovchilar tomonidan Qirg‘izistonda tug‘ilib o‘sgan aka-uka Abror va Akrom Azimovlar qo‘lga olinib, ularga terrorizm va qurol saqlash bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.

Qo‘lga olinganlarning himoyachilari jinoyat ishlari soxtalashtirilgani to‘g‘risida aytib keladilar.

XS
SM
MD
LG