Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:20

O‘zbekistonlik 15 odamning o‘limi bo‘yicha sudga jabrlanuvchilar kelmayapti


Vladimirda sodir bo‘lgan avtohalokat, 6 oktabr, 2017 yil.
Vladimirda sodir bo‘lgan avtohalokat, 6 oktabr, 2017 yil.

Rossiyaning Vladimir viloyatida 15 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lganlikda ayblanayotganlarga nisbatan jinoyat ishi ikkinchi marta boshqa kunga qoldirildi.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, sud 2018 yilning 27 dekabrida boshlangan va 2019 yilning 29 yanvariga qoldirilgan edi. Ammo 29 yanvardagi sud ham qisqagina bo‘ldi va keyinga qoldirildi.

Petushinsk tumanida o‘tayotgan sud jabrlanuvchilarning jarayonga kelmayotgani munosabati bilan qoldirilmoqda. Keyingi sud majlisi 12 fevralda o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Xabarda aytilishicha, mazkur ish yuzasidan 50 odam jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatma berishi lozim. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolaridir.

O‘zbekistonlik jabrlanuvchilarning barchasi vatanlariga qaytib ketgani munosabati bilan sudga kela olmayotgani bildirildi. Shundan kelib chiqqan holda sudya jabrlanuvchilarning tergovga bergan ko‘rsatmalarini o‘qib berish bilan kifoyalanishni taklif qilgan. Biroq sudlanuvchilar va ularning advokatlari sudning bu taklifini rad etgan.

Ozodlik radiosi 2017 yil 6 oktabrga o‘tar kechasi “Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod” yo‘nalishida ketayotgan poezd Vladimir viloyatining Petushinsk tumanidagi temir yo‘l chorrahasida o‘zbekistonlik 57 yo‘lovchi tushgan Mercedes avtobusini urib ketgani to‘g‘risida xabar bergan edi.

Владимирдаги автоҳалокатда 19 ўзбекистонлик нобуд бўлди, 39 киши жароҳатланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:06 0:00

Mazkur hodisada 17 kishi, jumladan, 15 nafar o‘zbekistonlik va 2 nafar qozog‘istonlik halok bo‘lgan. 39 nafar o‘zbekistonlik turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Bu ish yuzasidan Mercedes avtobusi haydovchisi va mazkur safarni uyushtirgan tashkilotchi qo‘lga olingan edi. Ular 37 yoshli va 41 yoshli Qozog‘iston fuqarolaridir.

Tergovning bildirishicha, avtobus temir yo‘l chorrahasidan o‘tolmasdan buzilib qolgan va bu odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan. Haydovchi va safar tashkilotchisi avtobus texnik nosozligini bilgan holda noqonuniy ravishda mijozlarga xizmat ko‘rsatganlikda va ularning o‘limiga sabab bo‘lganlikda ayblanmoqda.

Sudlanuvchilar o‘zlariga bildirilgan ayblovlarni tan olmayaptilar.

2018 yilning18 yanvar kuni Samara-Chimkent avtoyo‘lining Aqto‘be viloyatidan o‘tadigan qismida avtobusda ketayotgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi tiriklayin yonib ketgandi. Bu voqeadan so‘ng avtobus egasi Orduxan Mextievga nisbatan jinoyat ishi ochilgan, biroq u O‘zbekistonga qochib o‘tib, yashiringan. Shundan so‘ng u xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Aqto‘be sudi o‘tgan yil 9 noyabrda avtobusning uch haydovchisini besh yilga ozodlikdan mahrum etgan. Sud ularni ehtiyotsizlik oqibatda odam o‘ldirish va avtobusda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzishda aybdor deb topgan edi.

O‘zbekistonlik 52 kishi yonib ketgan avtobusning egasi Orduxan Mextiev esa 1 dekabr kuni O‘zbekistonda qo‘lga olingan. U dekabr oyi oxirlarida Qozog‘istonning Chimkent shahriga ekstraditsiya qilingan.

Qozog‘iston Bosh prokuraturasining bildirishicha, Orduxan Mextiev texnik nosoz avtobusdan noqonuniy ravishda foydalanishda gumonlanmoqda. U Chimkentdagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.

XS
SM
MD
LG