Buxoro shahrida istiqomat qiladigan, Sariosiyo chegara o‘tkazish postida kontrolyor bo‘lib ishlagan, sobiq katta serjant Dilshod Xodjaevning “OzodMikrofon”ga arz qilishicha, MXX sobiq polkovnigi Nodir To‘raqulovning buyrug‘i bilan u va yana to‘rt nafar hamkasbi xorijiy fuqarodan pora olganlik haqidagi to‘qima ayblov bilan bir oy muttasil qiynoqqa solingan:
“Bizdan pora olganlik haqidagi “iqror”ni olisholmaganidan so‘ng, bir oy davomida muttasil qiynoqqa solishdi. Axiyri, Termizdagi MXX izolyatorida orqa badani dubinka zarbidan qip-qizil bo‘lib ketgan, polda yalang‘och yotgan uch kishini ko‘rsatishganidan va Nodir To‘raqulov “bularni ham orqasiga dubinka tiq” deb buyruq berganidan so‘ng, noiloj “pora olganman” deb yozib berdik".
Pora olishda ayblanib,besh yarim yilga qamalgan Dilshod Xodjaev ozodlikka chiqqanidan so‘ng MXX polkovnigi Nodir To‘raqulov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan xabar topgan va hamkasblari bilan oqlanish va ish joyiga qayta tiklanishga harakat qilib, respublika harbiy prokuraturasi va harbiy sudiga bir necha marta murojaat qilgan.
Dilshod Xodjaevning aytishicha, u va hamkasblarining arizalari natijasiz qolmoqda.
----------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!