Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:19

Iqtisodchilar: Savdo - sotiqda Bishkek Toshkentga yutqazdi


Qirg‘iziston prezidenti So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev
Qirg‘iziston prezidenti So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev

O‘zbekiston – Qirg‘iziston savdo aylanmasi 2018 yilda 2017 yildagiga nisbatan 189,6 foizga o‘sdi. Bu haqda Bishkekda o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov ma’lum qildi.

Иқтисодчилар: Савдо - сотиқда Бишкек Тошкентга ютқазди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:01 0:00

-2018 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston-Qirg‘iziston savdo aylanmasi 189,6 foizga o‘sib, 481 million dollarni tashkil qildi. O‘zbekiston Qirg‘izistonga 348, 2 million dollar mahsulotni eksport qilgan. Qirg‘iziston esa O‘zbekistonga 132,8 million dollarlik mahsulot sotgan. Qirg‘iziston O‘zbekistonning savdo aylanmasida eng katta ulushga ega bo‘lgan 20 davlat qatoriga kiradi.Qirg‘iziston eksport bo‘yicha 6-o‘rinda, import bo‘yicha 20-o‘rinda turadi,- dedi Komil Rashidov.

Elchining aytishicha, O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarning 20 foizini qirg‘izistonliklar tashkil etmoqda. Unga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekistonga 5 million turist kelgan, ulardan 1 millioni Qirg‘izistondan. Elchining aytishicha, bu avvalgi yilga nisbatan 2,7 barobarga ko‘pdir.

Ayni paytda qirg‘izistonlik tadbirkorlar va iqtisodchilar O‘zbekiston bilan savdo aloqalarining bu kabi bir tomonlama rivojlanishidan norozi ekanliklarini aytmoqdalar.

Iqtisodchilarning aytishlaricha, 2016 yilda O‘zbekistonning Qirg‘izistonga eksporti 67 million dollar bo‘lgan. 2018 yilda esa bu ko‘rsatkich 348 million dollardan oshgan. Iqtisodchilar mana shundan kelib chiqib ikki yil ichida O‘zbekistonning Qirg‘izistonga eksporti deyarli besh barobarga ko‘payganini aytmoqda.

Qirg‘iziston esa 2016 yilda O‘zbekistonga 125 million dollarlik eksport qilgan bo‘lsa, 2018 yilda 132, 8 million dollarlik mahsulot sota olgan. Ikki yil ichidagi o‘sish 10 foizga ham yetmagan.

-Rostini aytganda chegaralarning ochilgani biz uchun katta ziyon bo‘ldi. O‘zbekiston o‘zi Qirg‘izistonga mahsulot kiritib, Qirg‘iziston mahsulotlarini o‘tkazmay qo‘ydi. Masalan, O‘zbekiston 2018 yilda Qirg‘izistondan 500 ming tonna kartoshka sotib olishi lozim edi. Biroq kartoshka pishgan vaqtda Toshkent o‘z dehqonlarining manfaatilaridan kelib chiqib, bu majburiyatni bajarmadi,-dedi iqtisodchi olim, akademik Jamin Akimaliev.

Qirg‘iziston hukumati o‘tgan yilning bahorida dehqonlarga O‘zbekiston kartoshka sotib olishini e’lon qilgani ortidan bu mahsulot haddan ziyod ko‘p yetishtirilgan edi. O‘zbekiston bu majburiyatni bajarmagani ortidan esa yuzlab dehqonlar katta ziyon tortdi va ayrim hududlarda kartoshkalar chirib ketgani sababli ahlatxonalarga tashlandi.

Qirg‘iziston Investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish agentligi direktori Shumkarbek Adilbek uulu esa qator qirg‘iz shirkatlari O‘zbekiston bozoriga kirishga harakat qilganini, biroq bu urinishlar samarasiz yakunlanganini aytdi. Rasmiyga ko‘ra, bunday vaziyat: “O‘zbekiston o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bozorini faol himoya qilish siyosati”ni olib borgani ortidan yuzaga kelgan.

Qirg‘izistonlik iqtisodchilar hukumatni O‘zbekiston bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli asosda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olishga chaqirmoqdalar.

Akademik Jamin Akimaliev esa bunday vaziyat yuzaga kelishiga qirg‘iz hukumatidagi amaldorlarning iqtisodiy jihatdan savodsizligi sabab bo‘lmoqda, deb hisoblaydi.

XS
SM
MD
LG