Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:31

Ish haqini so‘ragan o‘zbek muhojirlari “miting uyushtirganlikda” ayblanib, jarimaga tortildi (VIDEO)


Иш ҳақини талаб қилган ўзбек муҳожирлари жаримага тортилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:57 0:00

Chertanovo politsiya bo‘limiga 30 muhojir olib kelingan

Moskvadagi Chertanovo tuman sudi yetti nafar o‘zbekistonlik farroshning har birini 10 ming rubldan jarimaga tortdi. Ish haqini talab qilib Moskvadagi Nagorniy hokimiyatga borgan o‘zbekistonlik qor kurovchilar jamoat tartibini buzishda aybdor deb topildi.

Moskvadagi Chertanovo tuman sudi o‘zbekistonlik farrosh Shohruh Orolov, Bobur Mamatov, Shuhrat Xudoyberdiev, Jasur Bozorov, Fayoz Ubaydov, Abduahat Dushaev va Ravshanjon Dehqonovlarning har birini 10 ming rubldan jarimaga tortdi.

Sudlanuvchilarga ko‘ra¸ 12 va 13 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan mahkama jarayonida o‘zbekistonlik qor kurovchilar Rossiya poytaxtining Nagorniy tuman hokimiyatidan va’da qilingan ish haqini talab qilgani uchun javobgarlikka tortilgan.

- Militsiya kelib, hammamizni mashinada olib ketdi. Militsiya xonasida o‘tirganimizda Tojikiston posolstvosidan telefon qilib, “Tojikistonlik fuqarolar bormi-yo‘qmi?”, deb. O‘zimiznikilar birovi telefon qilgani yo‘q.... Hech qanaqa miting qilganimiz yo‘q. Ish haqimizni so‘rab borgandik. Bizni nimada ayblayotganini tushunmadim ham! O‘zlari va’da bergandi pererabotkaga qo‘shimcha pul beramiz deb. Kuniga 16-20 soatlab ham ishladik, dedi Ozodlik gaplashgan Abduahat Dushaev.

Nagorniy tuman politsiya boshqarmasi iddaosicha¸ 30 nafar ishchi-migrant “ekstremizm bo‘yicha tekshirish” uchun olib ketilgan. Ish haqidan norozi bo‘lgan o‘zbek muhojirlari so‘zlaricha, ular qo‘shimcha ish haqi evaziga “Avtomobilnie dorogi YuAO” xodimlari o‘rniga yo‘ldan qor kurashga majburlanib kelingan.

Sudda ushlangan 30 nafardan saralab olingan 8 nafar o‘zbek muhojiri ustidan arizani mahalliy politsiyachilar yozib bergan.

- Uprava raisi Arkadiy Russkix biz bilan suhbatlashib turuvdi. Atrofimizda politsiya mashinalari ko‘paya boshladi. Keyin bir avtobus OMON kelganidan keyin bizga yaxshi va’da berib turgan rais qo‘li bilan siltab, 30 kishicha odamni avtobusga tiqib, olib ketishdi. Qizig‘i, nega hammamizni emas, 7 kishini saralab, faqat bizni, o‘zbekistonliklarni, jarimaga tortayapti? Biz ko‘chada miting qilibmiz – unda nega 20 kishi bo‘lib ko‘chalarni qor kurasak, “miting qilayapsanlar”, deb olib ketmaydi?! Chunki o‘zini foydasini ko‘zlaydi, dedi Bobur Mamatov.

Chertanovo sudi ish haqi masalasida upravaga kelgan mehnat muhojirlarini Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi Kodeksning 20.2 moddasi 5 qismi, ya’ni “ommaviy aksiyalar paytida tartibni buzganlikda” aybdor deb topdi. Ishchilarning aytishicha¸ tuman hokimi Arkadiy Russkix avvaliga norozilik bildirgan ishchilarga ishlari ijobiy hal bo‘lishiga va’da bergani, biroq chaqirtirilgan OMONchilari kelganidan keyin migrantlarni olib ketishga buyurgan.

13 fevral kuni 10 ming rubl jarimaga tortilgan o‘zbekistonliklar
13 fevral kuni 10 ming rubl jarimaga tortilgan o‘zbekistonliklar

Sudda ishtirok etgan turar-joy egalari qo‘mitasi vakili Igor Yermishinning ishonishicha, mahkama muhojirlarni qo‘rqitishga qaratilgan.

- Masalani iqtisodiy tomondan hal qilish o‘rniga¸ shirkat rahbariyati uni siyosiylashtirishga, bosim o‘tkazishga o‘tdi. Bu sud ham emas – bu jazolash mahkamasi!

O‘zbekistonlik muhojirlar ham sudning bu qarorini adolatsiz deb atadi. Ozodlik bilan suhbatda muhojirlar O‘zbekiston elchixonasini bu adolatsizlikka tomoshabin bo‘lib turganini tanqid qildi.

- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev shularga ishonib, bizlarni himoya qilish uchun qo‘yib qo‘yibdi shularni. Elchixonaga necha marotaba telefon qilib, tushib bo‘lmadi: ko‘tarmaydi go‘shakni. Shunday vaziyatda bizga yordam bermasa, nima keragi bor ularning? Muhojirlar nomidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevdan elchixonada hech bo‘lmasa kunu tun telefoni ishlasin, odamlarni eshitsin, deb so‘ramoqchi edik. Advokatimiz ham necha marotaba urinib ko‘rdi – befoyda, dedi brigadir Shohruh Orolov.

Ozodlik O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi va konsulligi bilan bog‘lanishga bir necha marta urindi¸ ammo jamoatchilikka taqdim etilgan raqamlarga kun davomida hech kim javob bermadi.

O‘zbek muhojirlari himoyasiga kelgan moskvalik huquq himoyachisi Ruslan Gadjimuradov yigitlarning bu yig‘ilishini hatto qonun jihatidan “miting” deb atash noo‘rin ekaniga e’tibor qaratdi.

Himoyachi farroshlar shirkat hududiga kelib, ish haqini talab qilgani, hech qanday siyosiy shiorlarni ko‘tarib chiqmagani va janjal-to‘polon qilmaganini bildirdi.

- Ish beruvchisi bilan muloqot qilgan ishchilar hech qachon siyosiy moddalar asosida javobgarlikka tortilmagan! Migrantlarga bosim davom etayapti, ularni qo‘rqitishga urinishmoqda. Ularni javobgarlikka tortishga hech qanday asos yo‘q aslida - ularning o‘zlari bilib turibdi buni, dedi himoyachi.

XS
SM
MD
LG