Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:17

IIV Andijon IIB xodimlarining SizdanTelegramda chiqqan shikoyatiga javob berdi


"Bugungi kunda ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda ularning tahririyatiga go‘yoki aniq bir shaxs tomonidan xabar berilib, tasdiqlanmagan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan holatlarni bo‘rttirib yozish, umumiy gaplar bilan aniq faktlarga asoslanmasdan yolg‘on ma’lumotlar tarqatish holatlari ko‘paymoqda", deb boshlanadi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining 21 fevral kungi bayonoti. Hujjat vazirlikning Telegram kanalida e’lon qilindi.

"Rasmiy munosabat: - “Ichki ishlar xodimi dardini to‘kib sochdi” nomli maqola yuzasidan", deb sarlavhalangan materialida vazirlik "gapining isboti sifatida, shu yilning 19 fevral kuni “Ichki ishlar xodimi dardini to‘kib sochdi” sarlavhasi bilan tarqatilgan maqolani misol qilib" keltirgan.

Vazirlik tilga olgan "maqola" aslida maqola emas, balki Ozodlikning SizdanTelegram loyihasida e’lon qilingan, "O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimi", degan imzo bilan kelgan xat edi. ("SizdanTelegram" loyihasida tinglovchidan kelayotgan xabarlar, foto va videolar o‘rin oladi)

O‘sha xatda, jumladan mana bunday deyilgan:

"Jinoyatchilikni yashirish butun respublika buyicha ommalashmoqda. 10 yanvar kungi selektrdan keyin hamma shu yo'lga o‘tdi. Ammo jinoyat kamaydi deb aytish yolg‘onku, prezidentni aldash. Odamlarda ish bo‘lmasa, pul bo‘lmasa nima qiladi? O‘g‘rilik qiladi, jinoiy guruhlarga chora ko‘rilmasa og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘laveradida. Jinoyatchilik raqamlarini sun’iy kamaytirganlar prezidentga yoqadi lekin haqiqiy holatni ko‘rsatganlar lavozimdan ketadi. Shumi haqiqat? Buni hozir xammamiz bilib buldik. To‘liq kuzbo‘yamachilikka o‘tildi".

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining 21 fevral kungi bayonoti davomida bunday deyilgan:

"Maqolada jinoyatchilikni yashirish ommalashgani haqida so‘z yuritilgan. Bu fikr mutlaqo noto‘g‘ri, chunki ayni vaqtda ichki ishlar organlari navbatchilik qismlariga o‘rnatilgan telefonlar kompyuterga maxsus dastur orqali ulangan va har bir berilgan xabar avtomatik tarzda ro‘yxatga qo‘yiladi. Shuning uchun jinoyatni yashirishning umuman imkoni yo‘q.

Yana maqolada jinoyatni fosh etish uchun xodimlarda tajriba, zamonaviy texnikalar, xizmat avtotransport vositalari yetishmasligi haqida gapirilgan. Aslida tajribali xodimlar ichki ishlar organlarida juda ko‘p, jinoyatlarni fosh etishda ularning amaliy mehnat faoliyati katta rol o‘ynamoqda.

Bugungi kunda xorijiy va qo‘shni davlatlar ichki ishlar tizimlari xodimlari bilan tajriba almashish yuzasidan samarali muhim uchrashuvlar, seminarlar o‘tkazilib, ijobiy natijalarga erishilmoqda. So‘nggi yillarda tizimga respublika rahbariyati tomonidan katta e’tibor berilib, xodimlar uchun zamonaviy binolar qurildi va foydalanishga topshirildi.

Tezkorlikni oshirish maqsadida, tashqi xizmatlar jahon standartlariga javob beradigan aloqa vositalari, gumonlanuvchining shaxsni aniqlash imkoniyatini beruvchi mobil qurilmalar bilan ta’minlandi. Hammaning xabari bor, Davlat rahbarining tashabbuslari bilan respublikada xizmat olib borayotgan barcha profilaktika inspektorlari imtiyozli kredit asosida avtomashinalarga ega bo‘ldilar, o‘z xizmat hududlarida ularga xizmat uylari ajratildi. Boshqa yo‘nalishlarda xizmat olib borayotgan xodimlar ham yangi xizmat avtomashinalari bilan bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda.

Shu o‘rinda, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan jinoyatni hisobdan yashirish holatlarini aniqlash va aybdorlarga nisbatan keskin kurash olib borilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2018 yilda Andijon viloyati bo‘yicha jinoyatni hisobdan yashirgan 3 nafar xodim aniqlanib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ulardan biriga nisbatan sud hukmi bilan tegishli jazo tayinlangan va qolgan 2 nafariga nisbatan to‘plangan hujjatlar sudda ko‘rib chiqilmoqda. Kelgusida ham jinoyatni hisobdan yashirgan xodimlarni aniqlash va ularga nisbatan keskin choralar ko‘rish ishlari tizimli davom ettiriladi", - deyilgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining 21 fevral kungi bayonotida.

XS
SM
MD
LG