Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:32

Newsweek: Saudiya valiahd shahzodasi Xitoyning musulmonlarga qarshi siyosatini qo‘lladi


Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon.
Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon.

Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashuvi chog‘ida Beyjin musulmonlarni qayta tarbiyalash lagerlarini joriy etganini qo‘llab-quvvatladi.

Newsweek: Саудия валиаҳд шаҳзодаси Хитойнинг мусулмонларга қарши сиёсатини қўллади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:51 0:00

Newsweek nashrining yozishicha, uchrashuv paytida valiahd shahzoda ochiq oydin: “Xitoy o‘z milliy xavfsizligini saqlab qolish maqsadida terrorchilik va ekstremistlikka qarshi kurash siyosatini olib borish huquqiga ega”, - deb aytgan.

Muhammad bin Salmonning bu gapi Xitoy telekanallarida namoyish etildi.

Salmon xalqaro hamjamiyat tomonidan Saudiya Arabistoni kabi totalitar davlat sifatida tanqid qilinadigan Xitoyga 22 fevral kuni borgan edi.

Xitoy Saudiyaning muhim hamkorlaridan hisoblanadi. Newsweek nashrining yozishicha, 2018 yilda bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 63 milliard dollarni tashkil qilgan.

Mazkur safar arafasida uyg‘urlar vakillari Muhammad bin Salmonni, jahondagi barcha musulmonlar huquqini an’anaviy ravishda himoya qilib kelgan Saudiya Arabistoni rasmiysi sifatida, Xitoy rahbarlariga musulmonlar saqlanayotgan konsentratsion lagerlarni tugatish masalasida bosim ko‘rsatishga chaqirgan edi. Biroq bu tashrif uyg‘ur faollarining umidlarini oqlamadi.

“Yosh valiahd shahzoda yetakchiligidagi Saudiya rahbariyati tashqi siyosiy manfaatlarga erishish yo‘nalishida ancha pragmatik bo‘lib qoldi. Masalan, Saudiya Arabistoni, ma’lumotlarda aytilishicha, huquqni himoya qilish tashkilotlarining falastinliklarga munosabat yomon bo‘lib qolayotgani to‘g‘risidagi doimiy shikoyatlariga qaramay, Isroil bilan tig‘iz munosabatlarni rivojlantira boshladi”, deb yozdi Newsweek.

BMTning 2018 yil avgust oyida o‘tkazgan tekshiruvi natijasida Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatida 1 millionga yaqin musulmon "ekstremizmga qarshi kurash" sababi bilan "qayta tarbiyalash lagerlari"da saqlanayotgani aniqlangan.

Muhammad bin Salmonning Xitoyga tashrifi arafasida esa ayrim uyg‘ur faollari Xitoydagi lagerlarda saqlanayotgan musulmonlar soni ikki millionga yetganini ham bildirganlar.

«Vashington post» gazetasi sharhlovchisi Jamol Xashoggining Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulxonasida 2018 yilning oktabrida o‘ldirilishi ortidan valiahd shahzoda G‘arbning keskin tanqidlariga duchor bo‘lmoqda. Jumladan, AQSh razvedkasi 2018 yil sentabrida Xashoggining o‘ldirilishiga shaxsan Muhammad bin Salmon ko‘rsatma berganini oshkor etgan. Biroq Saudiya bu ayblovlarni inkor etib kelmoqda.

Newsweek nashrining yozishicha: “Jamol Xashoggining o‘ldirilishi ortidan G‘arb davlatlarining keskin tanqidlariga nishon bo‘lgan Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning xorijga so‘nggi paytlarda tez-tez qilayotgan safarlari Saudiya Arabistoni siyosatiga moyil bo‘lgan yangi alyanslarni shakllantirish urunishi”dan darak bermoqda.

XS
SM
MD
LG