Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:28

Quvasoyda 16 yashar o‘quvchi qiz o‘z uyida osilgan holda topildi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, har yili mamlakatda 100 ming kishidan 6 nafari o‘zini o‘ldiradi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, har yili mamlakatda 100 ming kishidan 6 nafari o‘zini o‘ldiradi.

23 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi 11-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi o‘z uyi ayvoni to‘siniga osilgan holda topildi. 16 yoshli qizning o‘z joniga qasd qilishga olib kelgan sabab va motivlar hozircha ma’lum emas. Shahar prokuraturasi maktab o‘quvchisining o‘limi yuzasidan tergov olib bormoqda.

Yaqinlaridan birining Ozodlikka aytishicha, qiz o‘zini osishidan oldin onasiga "meni kechiring" degan mazmunda xat qoldirgan.

- Uyida hech kim yo‘qligida ayvonidagi ustunga qalin latta tortib o‘zini osgan. O‘zini osishdan oldin cho‘milib chiqqan, onasiga "meni kechiring", degan xat ham yozib qoldirgan. Lekin, nimaga bunday qilganini hech kim bilmaydi, - dedi marhumaning ismi sir qolishini so‘ragan qarindoshi.

O‘z joniga qasd qilgan qiz o‘qigan maktab o‘qituvchisi Ozodlik bilan suhbatda qizda ruhiy tushkunlik kuzatmaganini aytib¸ uning a’lochi o‘quvchilardan bo‘lganini bildirdi.

- Faol o‘quvchilardan edi. Biz uchun bu kutilmagan hol bo‘ldi. Iqtisodiy qiyinchilik desa, oilasi o‘ziga to‘q, kimdir xafa qildi, desa xafa qildirib qo‘yadigan qiz emas edi", - deydi Ozodlik suhbatlashgan maktab o‘qituvchisi.

Yaqinlariga ko‘ra¸ joniga qasd qilgan qiz oilada yagona farzand bo‘lgan.

Ozodlik marhumaning oila a’zolariga bog‘landi, lekin ular fojia tafsilotlari haqida suhbatlashishni istashmadi.

Quvasoy shahar hokimining muovini, shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari Muborakxon Matkarimova o‘quvchi qizning o‘limi yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilayotganini aytdi.

- Hozir buni nazoratga olganmiz, qizni bunga nima yetaklaganini aniqlash uchun xizmat tekshiruvi ketayapti, tekshiruv natijalari ma’lum emas, - dedi Matkarimova.

Bu Ozodlikka ma’lum so‘nggi ikki yarim oy ichidagi sakkizinchi suitsiddir.

Jizzax viloyati Forish tumanidagi 6-umumta’lim maktabining 10 sinf o‘quvchisi 12 fevral kuni o‘zi uyining boloxonasida osilgan holda topildi.

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 28 yanvar kuni 21 yoshli O.N o‘z uyi molxonasida o‘zini osgani haqda Ozodlik xabar berdi.

Qashqadaryoning G‘uzor tumanida esa 27-umumta’lim maktabining 14 yashar o‘quvchisi 17 yanvar kuni uyining molxonasida osilgan xolda topildi.

Undan oldin 9 yanvar kuni Namangan viloyat, Kosonsoy tumanidagi Qo‘qimboy qishlog‘ida yashagan 23 yashar yigit molxonasida joniga qasd qildi.

Jizzax viloyat, Forish tumanidagi Maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘g‘il bola o‘quvchisi esa 6 yanvar kuni osilgan holda topilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoev ham 2017 yilning 22 dekabrida o‘tgan hukumat yig‘ilishida, mamlakatda o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payganini ta’kidlab, mutasaddi idoralarni ushbu muammoga e’tibor qaratmayotganlikda ayblagan edi.

Joriy yilning 15 fevral kuni esa prezident o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga qaratilgan maxsus qaror ham qabul qildi.

2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qaroriga muvofiq
Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, har yili mamlakatda 100 ming kishidan 6 nafari o‘zini o‘ldiradi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida dunyo bo‘yicha har 40 sekundda bir odamning o‘zini o‘ldirishi¸ 20 odamning esa o‘z joniga qasd qilishga urinishi aytiladi.

XS
SM
MD
LG