Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:35

O‘zbekistonda o‘quvchi o‘zini o‘ldirish uchun maktab tomidan tashladi


Illyustrativ surat: 28 yanvar kuni Yangiyo‘ldagi 4-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi Hakimov Bekslan ikki qavatli maktab tomidan o‘zini tashlagan. Oqibatda bola bir umr nogiron bo‘lib qoldi.
Illyustrativ surat: 28 yanvar kuni Yangiyo‘ldagi 4-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi Hakimov Bekslan ikki qavatli maktab tomidan o‘zini tashlagan. Oqibatda bola bir umr nogiron bo‘lib qoldi.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridagi umumta’lim maktabida o‘zini tomdan tashlab o‘ldirmoqchi bo‘lgan o‘quvchining onasi Ozodlik bilan suhbatda maktab rahbariyatini bolasini suitsid xolatiga keltirganlikda aybladi.

28 yanvar kuni Yangiyo‘ldagi 4-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi Hakimov Bekslan ikki qavatli maktab tomidan o‘zini tashlagan. Oqibatda bola bir umr nogiron bo‘lib qoldi. Shahar prokuraturasi voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazib, jinoyat alomati yo‘q, deb xulosa chiqargan. Xalq ta’limi bo‘limi mulozimining Ozodlikka aytishicha, voqea ortidan maktab direktori muovini lavozimidan bo‘shatilgan, ikki o‘qituvchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan.​

O‘zini tomdan tashlab o‘ldirmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchichisi hozirda onasi Muqaddas Rahmonqulovaning aytishicha, to‘shakka mixlanib qolgan.

Vrachlar uning bir umr nogiron bo‘lib qolishini aytishgan.

Rahmonqulova 5 mart kuni Ozodlik bilan suhbatda o‘g‘lini suitsid xolatiga kelishida maktab rahbariyati va muallimlarini aybladi.

- Bolamni cho‘ntagidan elektron sigaret topishib, uni nashavandga chiqarishgan. Bolani cho‘ntagidan chiqdi degani u chekdi degani emasku. O‘qituvchilar esa elektron sigaretni kalyan tutatadigan, deb o‘ylashgan-da. "Endi besh yilga qamalasan", deb qattiq qo‘rqitishgan. Meni ham maktabga chaqirishdi. Zavuch menga "mana tarbiyali bolangizni yonidan chiqqan narsa", deb qo‘limga berdi, "mana shu bilan besh yilga qamaladi", dedi. "Mana shu meni bolamdan chiqdimi", deganimni bilaman, o‘g‘lim yugurib chiqib ketdi, tualetga ketdimi desam, maktabni tomiga chiqib olibdi, "mendan rozi bo‘ling" deb, keyin o‘zini tashlavordi, - deydi Muqaddas Rahmonqulova.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:43 0:00
Бевосита линк

O‘zini tomdan tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan o‘quvchining sinf rahbari Dilbar Qumixbaeva Ozodlik bilan suhbatda bolaning suitsid xolatiga kelishiga, muallimlar aybdor, degan iddao noto‘g‘ri ekanini aytdi.

Qumixbaevaga ko‘ra, bolaning o‘zida suitsidga moyillik bo‘lgan.

- Bu bola oldin o‘qigan maktabida ham shunday ishlar qilgan ekan. 7-sinfgacha boshqa maktabda o‘qigan. U yerda ham psixologlarni aytishicha, o‘zini tashlashga urinish qilgan ekan. Endi prokuratura buni tekshirdi, hammamizni chaqirishdi so‘roqqa. Hozir o‘quvchilarga ovozimizni sal qattiqroq gapirishga qo‘rqib qolganmiz, - deydi Dilbar Qumixbaeva.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:48 0:00
Бевосита линк

Yangiyo‘l prokuraturasi voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazib, jinoyat alomati yo‘q, deb xulosa chiqargan.

Shahar Xalq ta’limi bo‘limining Ozodlik suhbatlashgan mulozimi prokuratura surishtiruvi ortidan maktab direktori muovini lavozimidan bo‘shatilgani, ikki o‘qituvchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rilganini aytdi.​

- Muallimlar bolani to‘g‘ri yo‘lga chaqirish uchun qattiq gapirgandir, deb, zam.direktorimiz ishdan bo‘shatildi, harbiy tarbiyachi ham ishdan bo‘shatildi. Bu degani shu muallimlar aybdor, degani emas, bolani onasiga navstrechu borish uchun biz shunday qildik, - dedi Yangiyo‘l Xalq ta’limi bo‘limi mulozimi.

Yangiyo‘l tumani prokuraturasidan surishtiruv natijalari bo‘yicha ma’lumot olib bo‘lmadi.

O‘zbekistonda yoshlar, ayniqsa maktab, kollej o‘quvchilari orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda.

O‘tgan uch oy davomida Ozodlikka bildirilgan ana shunday o‘nta voqea haqida xabar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev ham 2017 yilning 22 dekabrida o‘tgan hukumat yig‘ilishida, mamlakatda o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payganini ta’kidlab, mutasaddi idoralarni ushbu muammoga e’tibor qaratmayotganlikda ayblagan edi.

2019 yil fevral oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.

Ruhiy holati buzilgan shaxslar ularga psixiatriya yordami ko‘rsatilishi vaqtida bepul yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Yangi tahrirdagi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilib, unda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari funksiyalari hamda vakolatlari aniq chegaralanishi nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, har yili mamlakatda 100 ming kishidan 6 nafari o‘zini o‘ldiradi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida dunyo bo‘yicha har 40 sekundda bir odamning o‘zini o‘ldirishi¸ 20 odamning esa o‘z joniga qasd qilishga urinishi aytiladi.

XS
SM
MD
LG