Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:26

Rossiya banki GM Uzbekistan sobiq rahbari Tohirjon Jalilovni sudga berdi


O‘zbekiston - GM Uzbekistan sobiq bosh direktori Tohir Jalilov
O‘zbekiston - GM Uzbekistan sobiq bosh direktori Tohir Jalilov

Rossiyadagi «Vozrojdenie» banki GM Uzbekistan avtokonserni sobiq bosh direktori, Uz-Daewooning Voronej shahridagi sobiq dileri va «Km/ch» avtosalonlar tarmog‘i sobiq egalaridan biri Tohirjon Jalilovning bankrotligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qildi.

Sud bu da’voni qondirsa, Jalilov mol-mulklari kim-oshdi savdosida sotilib, puli qarz bergan banklar hisobiga o‘tadi.

GM Uzbekistan avtokonsernining sobiq bosh direktori «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlayotgan Tohirjon Jalilovning o‘zi Ozodlik bilan 6 mart kungi suhbatda «Meni tinch qo‘yinglar¸ xozir qarz masalasini izohlay olmayman» dedi.

Ozodlikning o‘rganishicha, Rossiya arbitraj sudiga «Vozrojdenie» banki jo‘natgan da’vo arizasi qabul qilinib, ishlamga kiritmagan.

Rossiyaning yetakchi kommersant.ru nashrining yozishicha, Jalilov kafil bo‘lgan qarz 20 milliard rubldan oshadi. (300 million AQSh dollari)

Muammo yo‘q¸ yo‘l ravon, dedi sobiq hamkasblar

«O‘zbekavtosanoat»ga qarashli Moskvadagi Ravon vakolatxonasining marketing bo‘yicha sobiq direktori Yelena Kuznetsovaning Ozodlikka 6 mart kuni aytishicha¸ sobiq diler Tohirjon Jalilovga yoki Ravon vakolatxonasiga nisbatan qarz undirish bo‘yicha hech bir harakat yo‘q.

-Qarzlar bor, ammo matbuot yozganidek, 20 milliard rubl emas. Qarzning mavjud real summasi bitta bank bilan cheklanmaydi. Hali hech kim arbitrajga bermadi va Tohirjon Jalilovning shu bugun qarz bilan bog‘liq muammosi yo‘q¸ dedi Ravon vakolatxonasining marketing bo‘yicha sobiq direktori Yeena Kuznetsova.

Tomog‘igacha qarzga botgan

Ayni mavzuni o‘rganayotgan Voronejdagi jurnalist Anna Naraevaning Ozodlikka bildirishicha¸ Tohirjon Jalilovning Rossiyadagi o‘nlab shirkatlar orqali olgan qarzi u ko‘rgan xujjatlarning o‘zida 10 milliard rubldan oshadi (150 million AQSh dollari)

Naraeva tasarrufida Rossiyadagi «Vozrojdenie» bankining qarz borasidagi rasmiy javobi yozilgan hujjat bor.

Xujjatda «Jalilov.T.A «Vozrojdenie» (OTAJ) bilan "AvtoLider" MChJ¸ «KrasKar» MChJ¸ «LadaAvtoVoronej» MChJ va «UzDEUavto-Voronej» MChJ o‘rtasida kafil (poruchitelь) ekani aytiladi. Jalilov bu shirkatlarning bankdan olgan qarzlari yuzasidan zimmasiga huquqiy ma’suliyat olgan.

Ayni hujjatga ko‘ra¸ Tohirjon Jalilov kafil bo‘lgan qarz miqdori 854 million rubl. Bundan 712 million rubli asosiy to‘lanmagan qarz va foizlardan tarkib topgan.

«Bu qarzlar 2019 yil 1 mart kunigacha bo‘lgan vaqtda qaytarilmagan. Bu qarzlar qaytarilishi yuzasidan bank 2019 yilning 1 mart kuni Voronej viloyat Arbitraj sudiga murojaat qildi» deyiladi hujjatda.

Voronejdagi jurnalist Anna Naraevaning Ozodlikka bildirishicha, Arbitraj sudi bu da’voni ishlam uchun qabul qilganidan keyin Jalilov va u ta’sis qilgan shirkatlarga oid mol -mulklar hamda Ufa¸ Voronej va Rossiyaning yana bir shaxridagi jamloqda turgan «O‘zavtosanoat»ga oid avtomobillar musodara qilinishi mumkin.

Jamloqda chiriyotgan o‘zbek mashinalari

Ozodlik tasarrufidagi ma’lumotlarga ko‘ra¸ Rossiyaning Voronej, Lipetsk va Ijevsk shaharlarida GM Uzbekistan avtokonsernining sobiq direktori, "O‘zavtosanoat" hissadorlik kompaniyasi raisining sobiq muovini Tohirjon Jalilov va unga yaqin GM mulozimlari shirkat uchun Rossiya banklaridan olingan kreditlar hisobidan xususiy mol-mulk va biznes tizimlarini sotib olganlar.

Kreditlar uchun garov sifatida qo‘yilgan 17 ming avtomobil hozirda haqdor banklar tarafidan arest qilinib, sud ajrimini kutmoqda.

Voronej, Lipetsk va Ijevsk shaharlarida GM Uzbekistan sobiq rahbari Tohirjon Jalilov egalik qilgan tijoriy va xizmat ko‘rsatish shirkatlari hamda ko‘chmas mulklarning sotib yuborilib, qarzning bir qismi qoplangani ham bu iddaolarni qisman tasdiqladi.

Zimmasiga 300 million dollar qarz yuklangan mulozim

Shu kunlarda “O‘zbekoziqovqatxolding” shirkati raisi bo‘lib ishlayotgan 50 yashar Tohirjon Jalilov “GM - Uzbekistan”ni boshqargan payti korrupsiyada gumonlanib, hibsga olingandi.

Olti yil davomida o‘zbek avtokonsernini boshqargan Tohirjon Jalilov tovlamachilik yo‘li bilan shirkat pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanib, 2016 yil aprel oyida hibsga olinib, bir muddat Toshkentdagi MXX tergov izolyatorida saqlangan.

Biroq prezident Karimovning o‘limidan so‘ng Jalilov hibsdan ozod qilinib, tergov idoralariga uydan qatnab yurdi.

Jalilovning ayblovlardan forig‘ bo‘lib yana lavozimiga qaytishi Karimov o‘limidan so‘nggina amalga oshdi. 2017 yil fevralida Jalilov “O‘zavtosanoat” boshqaruv kengashi raisining o‘rinbosari lavozimga qaytarildi.

Andijon viloyatida tug‘ilgan Jalilov 1993 yili Toshkent Texnika universitetiining muhandis-metallurg mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

Mehnat faoliyatini Andijonning Buloqboshi tumanidagi «Biznes Fond»da mutaxassislikdan boshlagan Jalilov, 1998 yildan boshlab avtomobil sanoatida qator lavozimlarda ishladi.

XS
SM
MD
LG