Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:23

"Navoiyazot" korxonasi xodimi o‘z ish joyida osilgan holda topildi


Illyustrativ surat: O‘zbekistonda ayniqsa maktab, kollej o‘quvchilari orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda.
Illyustrativ surat: O‘zbekistonda ayniqsa maktab, kollej o‘quvchilari orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda.

Navoiy viloyatidagi "Navoiyazot" korxonasida 701-sexning 38 yoshli aparatchik-muhandisi osilgan xolda topildi. Korxonaning Ozodlik suhbatlashgan xodimlariga ko‘ra, ikki farzandning otasi B.T. o‘tgan shanba kuni salnik nabivkadan arqon yasab zavod hududida o‘zini osgan. B.T nega o‘z joniga qasd qilgani ma’lum emas. Viloyat prokuraturasi mazkur voqea yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.

"Navoiyazot" korxonasining o‘z joniga qasd qilgan ishchisining ismi-sharifi Ozodlikka ma’lum.

Lekin tergov vajidan va ahloqiy sabablarga ko‘ra, uning shaxsini ochiqlamaydi.

B.T. nima uchun o‘z joniga qasd qilgani mavhum bo‘lib qolmoqda, viloyat prokuraturasi bu xolat bo‘yicha tergov olib bormoqda.

"Navoiyazot" korxonasining Ozodlik suhbatlashgan rahbar xodimlaridan biri ishchining o‘limi sababini bilmasligini aytdi:

"Asbest salnik nabivkadan arqon yasab osgan o‘zini. Shanba kuni bo‘ldi-da bu, korxonada o‘sha kuni odam kam. Nimagaligini o‘zimiz ham bilmay qoldik. Juda otvetstvenniy bola edi. Hech kim xafa qilmagan, xafa qildirib qo‘yadigan bola emas, uyida iqtisodiy ahvoli yaxshi. Tushunmay qoldik, to‘g‘risi", - dedi ismi ochiqlanmasligini istagan korxona rahbarlaridan biri.

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mulozimi "Navoiyazot" korxonasida ishchi osilgani holda topilgani yuzasidan viloyat prokuraturasi surishtiruv olib borayotganini aytdi.

So‘nggi ikki oy ochida Ozodlik maktab, kollej o‘quvchilari va korxona ishchilarining o‘zini osgani bilan bog‘liq o‘ndan ortiq holatni aniqladi.

O‘zbekistonda ayniqsa maktab, kollej o‘quvchilari orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda.

O‘tgan uch oy davomida Ozodlikka bildirilgan ana shunday o‘nta voqea haqida xabar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev ham 2017 yilning 22 dekabrida o‘tgan hukumat yig‘ilishida, mamlakatda o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payganini ta’kidlab, mutasaddi idoralarni ushbu muammoga e’tibor qaratmayotganlikda ayblagan edi.

2019 yil fevral oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.

Ruhiy holati buzilgan shaxslar ularga psixiatriya yordami ko‘rsatilishi vaqtida bepul yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilandi.

Yangi tahrirdagi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilib, unda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari funksiyalari hamda vakolatlari aniq chegaralanishi nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, har yili mamlakatda 100 ming kishidan 6 nafari o‘zini o‘ldiradi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida dunyo bo‘yicha har 40 sekundda bir odamning o‘zini o‘ldirishi¸ 20 odamning esa o‘z joniga qasd qilishga urinishi aytiladi.

XS
SM
MD
LG