Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:31

“Boshliq pora olayotgan paytda qo‘lga olindi, lekin jazosiz qoldi”


“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining 56-sexida 14 yildan beri ishlab kelayotgan Begali Hakimov o‘tgan yilning sentabr oyida paxta terimidan qoldirish va 12 soatlik ish soatini qisqartirmaslik evaziga sex boshlig‘i undan 2 million so‘m pora talab qilganidan so‘ng ichki ishlar xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir vaqtida boshliq jinoyat ustida qo‘lga olingani, ammo voqeaning ertasi kuni qo‘yib yuborilgani haqida OzodMikrofonga arz qildi.

“Poraxo‘r boshliqni Navoiy shahar ichki ishlar bo‘limining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi, prokuratura bilan birga 2018 yilning 14 sentabr kuni jinoyat ustida qo‘lga oldi. Avval pulga kimyoviy ishlov berib, menga berishdi. Men bu pulni boshliqning moshinasida unga berdim. Men tushganimdan keyin, ular bosib olishdi. Guvohlar ham bor edi, diktofonga yozilgan ovozlar ham bor. Lekin, ertasi kunidan boshliq yana o‘z joyida hech narsa bo‘lmaganday ishlab yuribdi. Endi esa u meni ishdan haydash maqsadida turli xil bosimlar o‘tkazyapti, allaqachon menga bitta hayfsan ham berdi”.

Begali Hakimov arizasiga javob
Begali Hakimov arizasiga javob

Begali Hakimov jinoyat ustida qo‘lga olingan boshliqqa hech qanday chora ko‘rilmagani, boz ustiga o‘z joyida ishlab yurgani haqida DXXning Navoiy viloyati bo‘limiga, viloyat prokuraturasiga bir necha bor shikoyat qilgan. Ammo, uning shikoyatlari natijasiz qolgan.

Begali Hakimov arizasiga javob
Begali Hakimov arizasiga javob

“Бошлиғимни пора олган пайтда қўлга олишди, лекин жазо қўллашмади”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:58 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG