Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:31

Moskvada o‘zbek muhojirlarini kaltaklagan politsiyachilar ustidan tekshiruv boshlandi (VIDEO)


Moskvaning Shimoliy Butovo tumanida hujjatlarni tekshirish jarayonida o‘zbekistonlik ikki muhojirni kaltaklagan politsiyachilar ustidan tekshiruv boshlandi.

Migrantlar himoyasi bilan shug‘ullanib kelayotgan moskvalik yurist Valentina Chupikdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 9 mart, kunduz soat 3:30 larda Moskva janubidagi ko‘chalardan birida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari: 28 yoshli Avazbek Sulaymonov va 23 yoshli Sunnatbek Nazirov hech qanday asoslarsiz politsiya tomonidan to‘xtatilgan.

Politsiya ular “migratsiya rejimini buzganlikda” gumonlanayotganini aytgan. Biroq muhojirlar bu ish bilan politsiya emas, migratsiya xizmati shug‘ullanishi lozimligini aytib, politsiyaga hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortgan.

Buning ortidan muhojirlar qo‘lga olingan va ko‘chaning o‘zidayoq kaltaklangan.

Yurist Valentina Chupik bunday dedi:

- Bugun menga Shimoliy okrugning shaxsiy tarkib bo‘yicha inspektori Churikov Ruslan Aleksandrovich qo‘ng‘iroq qilib, bu xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlanganini bildirdi. O‘zbek yigitlari ko‘chada haqiqatan hech qanday asossiz ushlanib, politsiya xodimlari tomonidan kaltaklanib, Shimoliy Butovo politsiya bo‘limiga keltirilgan. Haliyam bolalar qo‘lida telefoni bilan politsiyachilar muomalasini videotasvirga olishga ulgurgan, aks holda politsiya xodimlari ​haq​ bo‘lib chiqaverardi.

Huquq faolining bildirishicha, bu ishga u boshqarayotgan tashkilot aralashgani ortidan politsiya o‘sha kuni soat 17:21 da muhojirlarni uzr so‘rab qo‘yib yuborishga va kuch ishlatgan xodimlarga nisbatan tekshiruv boshlashga majbur bo‘lgan.

Ozodlikka taqdim etilgan videotasvirlarda hujjat so‘rayotgan politsiyachilarga o‘zbek migrantlari bu ish bilan migratsiya departamenti xodimlari shug‘ullanishi kerakligini tushuntirishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

Москвада ўзбек муҳожирларини калтаклаган полициячилар устидан текширув бошланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00

Politsiya xodimi bunga javoban “Yo‘q! bu bilan politsiya shug‘ullanadi, bo‘limda bittasi o‘tiribdi – yana birini olib kelamiz”, deya tahdid qiladi. Nihoyat, Avazbek va Sunnatbek hujjatlarini taqdim etadi, biroq, politsiyachi “migratsiya kartasida muhr ikki joyda bo‘lishi kerak”, degan iddao bilan yigitlarni qo‘pol tarzda politsiya mashinasiga tiqishni boshlaydi.

Bu to‘qnashuv davomida ularga tan jarohatlari yetkazilgan, muhojirlardan birining yuzi shilingan.

Valentina Chupikning fikricha, politsiya rahbariyatining o‘z xodimlari ustidan tekshiruv boshlashiga ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik muhojirlar olgan videoning keng tarqalishi va buning ortidan ular himoyasiga boshlangan jamoatchilik muhokamasi sabab bo‘lgan.

- Bunday masalalarda OAVda ko‘proq maqola-reportajlar chiqishi zarur. Shundagina biz qandaydir reaksiya yoki natija kutishimiz mumkin. Ammo “Vesti.uz”da bu haqda teskari ma’lumotlar tarqatilgani mening g‘azabimni keltirdi. Bilasizmi, bu hodisa yuzasidan O‘zbekiston elchixonasi ham rasmiy e’tiroz bildirmoqchi. Alisher ismli konsullik vakili bolalar telefonlarini olib, oldiga chaqirtiribdi. Ular borsa – bo‘lgan voqea yuzasidan rus tilida ariza yozishni buyuribdi. Rus tilini bilmaydigan yigitlar yana indamasdan elchixonadan qaytib chiqib ketibdi, - dedi Valentina Chupik.

Suhbatdosh u boshqarayotgan tashkilot qo‘pol muomalada bo‘lgan huquqbuzar politsiyachilar o‘z ishidan ozod etilishini talab qilishini aytdi.

Rossiya Migrantlar federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Rossiyada migratsiya qaydiga turgan horijliklar soni 11,5 foizga o‘sgan.

2018 yil davomida Rossiyadan jismoniy shaxslar 9,5 mlrd AQSh dollari miqdorida mablag‘ jo‘natgan. Bu mablag‘ning asosiy qismi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari tomonidan yuborilgan.

XS
SM
MD
LG