Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:19

Xitoydagi musulmonlarni himoya qilayotgan qozoq faoli "millatlararo nizo"da ayblanmoqda


Serikjan Bilyash avvalroq Olmaota sudi tomonidan jarimaga tortilgan.
Serikjan Bilyash avvalroq Olmaota sudi tomonidan jarimaga tortilgan.

Qozog‘istonda Xitoyda ta’qib qilinayotgan musulmonlar huquqini himoya qilayotgani bilan tanilgan “Atajurt” harakati rahbari Serikjan Bilyash 11 mart kuni tergov yakunlanguniga qadar uy qamog‘iga chiqarildi.

Хитойдаги мусулмонларни ҳимоя қилаётган қозоқ фаоли "миллатлараро низо"да айбланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:55 0:00

Politsiya Bilyashni 10 mart kuni Olmaotada qo‘lga olgan va Astanaga olib ketgan edi. Astana politsiya departamenti Bilyash “ijtimoiy va millatlararo nizo chiqarishga urinish”da gumonlanib qo‘lga olinganini tasdiqladi. Bu borada politsiya boshqa ma’lumot bermadi.

Serikjan Bilyash Astanada so‘roq berayotgan bir paytda, Xitoy yana bir bor AQShning Xitoyda musulmonlar huquqlari buzilayotgani to‘g‘risidagi bayonotini inkor qildi.

-Xitoy AQSh rasmiysining asossiz ayblovlaridan juda norozi ekanini va bu ayblovlarga qarshi ekanini ta’kidlaydi. Biz bu masalada AQShga rasman norozilik notasi topshirdik, - dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kang.

AQSh Davlat departamentining diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus elchisi Sem Braunbek 8 mart kuni Honkongdagi xorijiy muxbirlar klubida so‘zlagan nutqida Xitoyni musulmonlar huquqlarini buzayotganlikda ayblagan edi.

-2017 yilning aprelidan boshlab Xitoy hukumati 1 milliondan ortiq etnik musulmonni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan kuch ishlatilib,uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar va boshqa musulmon millatlar majburiy ravishda qayta tarbiyalash lagerlariga joylashtirildi. Ularning oila a’zolari yaqinlari hatto o‘lik yoki tirik ekanligini ham bilmaydi. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bu holatdan qattiq tashvishda va Beyjinning bu harakatlarini musulmonlarning o‘zligini, madaniyatini va e’tiqodini nazoratga olish urunishi sifatida baholaydi,-degan edi Braunbek.

O‘zi ham Xitoyda tug‘ilib-o‘sgan va keyinroq Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan Serikjan Bilyash Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatidagi “qayta tarbiyalash lagerlari”ga qamalayotgan etnik qozoqlar va boshqa musulmonlar huquqini himoya qilib Olmaotada qator tadbirlarni o‘tkazgan edi.

Bilyashning xotini Leyla Adiljan AP agentligiga bergan intervyusida Qozog‘iston hukumati erini Xittoyga topshirib yuborishidan qo‘rqayotganini aytdi.

“Atajurt” tashkiloti yuristi Ayman Umarova esa Serikjan Bilyashning qo‘lga olinishini siyosiy motivlar bilan izohladi.

“Bilyashning qo‘lga olinishi uning Xitoydagi lagerlarga qarshi harakatlari va lagerdagi qozoqlar hamda boshqa musulmonlarni qo‘llab-quvvatlayotgani bilan bog‘liqdir. Hukumatimiz Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar buzilishidan qo‘rqmoqda”,-dedi Ayman Umarova.

Fevral oyi boshlarida Olmaota sudi Serikjan Bilyashni noqonuniy tarzda Xitoydagi qozoqlar huquqini himoya qiluvchi “Atajurt” tashkilotiga asos solganlikda ayblab, 252 ming tanga, ya’ni 670 dollar jarimaga tortgan edi.

XS
SM
MD
LG