Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:28

“Buxoroda XII asrda qurilgan Namozxona hojatxona bo‘lib yotibdi”


"Buxorocha" ko‘kalamzorlashtirish. Dima Qayum olgan surat.
"Buxorocha" ko‘kalamzorlashtirish. Dima Qayum olgan surat.

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar orasida keng tanilgan farg‘onalik bloger Dima Qayum bir do‘sti bilan yaqinda o‘zi yashaydigan Rishtondan yo‘lga chiqib, Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrigacha borib qaytdi. Mamlakat bo‘ylab sayohatini avtostop usulida boshlab, ortga uchoqda qaytgan blogerni OzodNazarga taklif qilib, undan safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashishni iltimos qildik.

“Бухорода XII асрда қурилган Намозхона ҳожатхона бўлиб ётибди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:26:17 0:00
Бевосита линк

Quyida Dima Qayum suhbat davomida aytgan ba’zi gaplar:

Hojatxonalar O‘zbekistonning global muammosi ekanligiga guvoh bo‘ldim.

Mo‘ynoqdagi ahvoldan karaxt bo‘lib qoldim, u yerda yashayotganlarga ta’zim qilaman.

Bir bankomatda 200 ming so‘mni naqdlashtiruvdim 5 000 so‘mliklar orasida ikkita 1000 so‘mlik chiqdi...

Safari qarigan Dima Qayum Nukus aeroportida samolyoti uchishini kutib dam olmoqda.
Safari qarigan Dima Qayum Nukus aeroportida samolyoti uchishini kutib dam olmoqda.

Sarlavhaga chiqarilgan gapni ham Dima Qayum suhbat davomida aytdi. Qarovsizligidan o‘z-o‘zidan hojatxonaga aylanib qolgan tarixiy obida tushirilgan videolavhani suhbatdoshimizning Feysbuk sahifasida ko‘rishingiz mumkin.

Sarlavha ostidagi suratda esa, "Buxorocha ko‘klamzorlashtirish" namunasi aks etganki, bu haqda ham suhbat davomida so‘z bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG