Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:23

Yevropa sudi himoyasida bo‘lgan qochqin O‘zbekistonga qaytdi va qo‘lga olindi (VIDEO-AUDIO)


Abror Xidirov deportatsiya markazida tushgan surat.
Abror Xidirov deportatsiya markazida tushgan surat.

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan, Strasburg sudi tomonidan himoyaga olingan qochqin o‘z ixtiyori bilan 1 aprel kuni O‘zbekistonga qaytdi va Qarshi aeroportida qo‘lga olindi.

Ketishidan oldin qamoqxonadan turib Ozodlik bilan bog‘langan navoiylik Abror Xidirov 2013 yilda ekstremizm va terrorchilikda nohaq ayblangani, yangi prezident davrida unga qo‘yilgan ayblovlar qayta ko‘rib chiqilishi va adolat qaror topishiga ishonishini bildirdi.

O‘zbekistonda Jinoyat Kodeksining 244-2 (Diniy ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish) va 223- (Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) moddalari asosida xalqaro qidiruvga berilgan 40 yashar navoiylik Abror Xidirov 1 aprel kuni Qarshiga uchib ketdi.

Ketishidan bir necha kun oldin Ozodlik tahririyatiga Moskvaning Saxarovo deportatsiya qamoqxonasidan qo‘ng‘iroq qilgan Abror Strasburg sudi uni O‘zbekistonga berib yubormaslik to‘g‘risida qaror chiqarganiga qaramasdan yangi hukumat va’dalari va adolatli sudga ishonib o‘z yurtiga qaytayotganini gapirdi:

- Man nohaq ayblovlar bilan 2013 yilda qidiruvga qo‘yilganman. O‘shandan beri O‘zbekistonga borolmay yuribman. Shunga o‘zim qaytib borayapman – bolalarim tarbiyasi bilan shug‘ullanishim kerak. Men hech qanday diniy oqim, boshqasiga a’zolik joyim yo‘q. El qatori Rossiyaga ishlashga kelganman. Men 2017 yildan beri bir yil tergov izolyatorida, 7 oydan beri Saxarovodagi deportatsiya markazidaman.

Bu yerdan man o‘zim ketaman dedim! Rossiyadagi advokatlar Yevropa inson haqlari sudiga murojaat qilib, 30-Qoida asosida meni berib yubormaslik to‘g‘risida qaror chiqartirdi. Men Yevropa sudi himoyasidan, boshqa hamma imkoniyatlardan o‘z xohishim bilan voz kechdim. Chunki O‘zbekistonda yaxshi o‘zgarishlar bo‘lyapti, mening aybim yo‘q! Birovning ko‘rsatmasi bilan ayblov qo‘yilgan menga. Ozodlikka Votsapp orqali chiqishimdan maqsad u yerga borganimdan keyin nohaqlik bo‘lmasligini ta’minlashga urinishdir.

Аброр Хидиров: Мен президентдан адолатли суд бўлишини сўрайман!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:21 0:00
Бевосита линк

Abror unga 1 aprel, dushanba kuni Moskva-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan uchoqqa aviachipta olganini ham bildirdi.

Suhbatdosh Qarshi aeroportida uni rafiqasi Muhayyo va ikki farzandi kutib olishini ma’lum qildi.

Abror Xidirov bundan oldinroq Navoiy viloyat jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari unga “vaziyat O‘zbekistonda o‘zgarganini” bildirib, “qo‘rqmasdan kirib kelishni” va “yashil koridor” ochib berishga va’da qilganini ham qo‘shimcha qildi.

Страсбург суди ҳимоясидаги ўзбекистонлик қочқин ўз ихтиёри билан Тошкентга қайтиб кетди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:02 0:00

Ozodlikka Votsapp tarmog‘i orqali yuborgan videomurojaatida ham u shaxsan prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat qilib, odil sud bo‘lishiga umid qilishini ma’lum qildi.

"Abror yetib keldi - Navoiy IIBsiga olib ketishdi!"

1 aprel kuni Qarshiga uchoqda qo‘ngan Abror Xidirov Navoiy Ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olinganini tasdiqladi uni farzandlari bilan kutib olishga chiqqan Muhayyo Saidova:

- Yetib keldi, kutib oldik aeroportdan. 5 daqiqa ham gaplashganimiz yo‘q, kelib “olib ketamiz, naruchnik solamiz, 2 kunda javob beramiz”, deyapti. Vaholanki va’dalar boshqa edi – “kechga javob beramiz, tergovgacha uydan qatnaydi, qamalmaydi” degan odam bugun boshqacha gapiryapti! Nodir degan Qiziltepadan oper keldi, odam ko‘payib ketdi, dedi Abror Xidirov Navoiy IIBsiga olib ketilganini tasdiqlagan Muhayyo.

Navoiylik Abror Xidirov oila a’zolari bilan
Navoiylik Abror Xidirov oila a’zolari bilan

​Abror Xidirov Rossiyaga 2013 yili ishlash uchun kelgan edi. 2017 yili Moskva politsiyasi uni hujjatini tekshirish uchun to‘xtatgan va O‘zbekiston uni xalqaro qidiruvga bergani ma’lum bo‘lganidan keyin hibsga olgani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergandi.

2017 yilning 26 iyul kuni O‘zbekistondan 2 yosh bolasi bilan Moskvaga uchib kelgan Abror Xidirovning xotini va farzandlari Rossiyaga kiritilmagan va O‘zbekistonga qaytarib yuborilgan edi.

O‘zbekistonda diniy motivlar bilan qidiruvga berilgani aytilayotgan Xidirovni Moskvadagi “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti​ o‘z himoyasiga olgan.

Xidirovning advokatlari O‘zbekiston vatandoshiga nisbatan shoshilinch chora ko‘rish uchun Yevropa inson haqlari sudiga iltimosnoma yo‘llab, Abrorga nisbatan 39-Qoida qo‘llagani, ya’ni O‘zbekistonga berib yuborishni to‘xtatishga erishgan.

Ozodlik Abror Xidirov bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishni davom etadi.

XS
SM
MD
LG