Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:22

Gulnora Karimovaning advokati mijozi Zangiota qamoqxonasida saqlanayotganini bildirdi


Gulnora Karimova 5 mart kuni qamoqxonaga qaytarilgan edi.
Gulnora Karimova 5 mart kuni qamoqxonaga qaytarilgan edi.

Jenevadagi Mangeat Attorneys at Law advokatlik shirkati rahbari va ayni paytda Gulnora Karimovaning advokati bo‘lgan Greguar Manja Tvitter orqali o‘z himoyasidagi odam qaerda saqlanayotganini ma’lum qildi.

Гулнора Каримованинг адвокати мижози Зангиота қамоқхонасида сақланаётганини билдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:28 0:00

Greguar Manja 1 aprel kuni “#Karimova Endigina Zangiotadagi 21-sonli ayollar koloniyasiga yetib keldim. Mijozim bilan qulay sharoitda uchrashishga harakat qilaman”, deb yozdi.

2 aprel kuni esa advokat “#Karimova Zangiotadagi 21-sonli ayollar koloniyasi. Ikkinchi kun”, deb yozdi.

Biroq Greguar Manja mijozi bilan uchrashgani yoki uchrashmagani haqida hech narsa demagan.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 5 mart kuni jazoni o‘tash koloniyasiga qaytarilgani haqida Bosh prokuratura ayni kuni tarqatgan axborotda ma’lum qilingan edi. Biroq Karimova aynan qaysi jazoni o‘tash mahkamasiga qaytarilgani haqida ma’lumot berilmagan.

Korrupsiyada ayblangan Gulnora Karimova Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan 10 yilga qamalgan edi.2018 yil 1 iyulda esa Gulnora Karimovaga tayinlangan jazo 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha: “Insonparvarlik nuqtai nazaridan hamda mahkuma jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul mablag‘larini qaytarish va davlatga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatlarini o‘z zimmasiga olganligini e’tiborga olgan holda” ozodlikni cheklash jazosini o‘tash joyi etib mahkuma Gulnora Karimovaning o‘z tanloviga ko‘ra, qizi Imon Karimovaning yashash joyi belgilangan.

Ammo Karimova jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzganligi sababli 2019 yil 5 martda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

Avvalroq Telia, VimpelCom va MTSshirkatlari O‘zbekiston bozoriga kirish uchun Gulnora Karimovaga qariyb 1 milliard dollar pora berganini tan olgani xabar qilingan edi.

Buning ortidan AQSh Adliya vazirligi Gulnora Karimovaga ham poraxo‘rlik¸ pul yuvish kabi rasmiy ayblar qo‘yilganini e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG