Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:33

Marsda metan gazi borligi tasdiqlandi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Dushanba, 1 aprel kuni olimlar Marsda metan gazi borligini tasdiqlab, ushbu gaz manbasi haqida o‘z taxminlarini e’lon qilishdi.

Bundan 15 yil oldin yevropaliklar Marsga yuborgan avtomatik ilmiy-tadqiqot stansiyasi Qizil sayyora atmosferasida metan gazini aniqlaganidan beri mazkur sayyorada bu gaz chindan bor-yo‘qligi haqida tortishuvlar tinmayotgan edi.Yerda metan gazi odatda sodda organizmlar faoliyati tufayli paydo bo‘ladi.

Metan gazi tez suratda tarqalib ketgani uchun (yerda bu gaz 12 yilda tarqalib ketadi) olimlar Marsda metan borligi bayon etilgan ilk xabarlarga shubha bilan qarab kelayotgan edi.

Endilikda xalqaro mutaxassislar guruhi ikki alohida stansiya 2013 yilda yozib olgan qaydlarni o‘rganib chiqib, sayyorada metan gazi haqiqatan borligi tasdiqlanganini ma’lum qildi.

Shuningdek, ikki tajriba yordamida Marsdagi metan manbasi Geyl krateri ekanligi aniqlangan.

Rim Milliy astrofizika instituti xodimi Marko Juranna:

- Bu kutilmagan va juda qiziq natija bo‘ldi, - dedi.

Yevropaning Mars Express ilmiy-tadqiqot stansiyasi 2013 yilning 16 iyunida krater ustidagi atmosferada milliardiga 15,5 bo‘lak metan gazi borligini qayd etgan. O‘sha paytda NASAning ayni hududni kezib yurgan Curiosity marsyurari ham Geyl krateri yaqinida metan gazi borligini qayd etgan.

Olingan ma’lumotlarga tayangan holda bir guruh olim kompyuter simulyatsiyalari, ikkinchi guruh esa Mars atmosferasi suratlarini o‘rganib, gazning manbasini aniqlagan. Xususan, metan gazi manbasi tosh qatlami ostida muzlab qolgan metan qatlami ekangligi xulosa qilingan. Olimlarning taxmin qilishicha, ushbu metan qatlami vaqti-vaqti bilan atmosferaga metan chiqarib turadi.

Juranna metan Yerda hayotdan darak bergani bilan, Qizil sayyorada boshqa jarayonlar tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

- Metan muhim, chunki u mikroblardan darak berishi mumkin. Ammo bu kuzatishlarni faqat hayot bilan izohlash mumkin, deb bo‘lmaydi, chunki metan abiotik jarayonlar tufayli ajralib chiqishi mumkin, - dedi olim.

XS
SM
MD
LG