Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:35

Buxoroda yuk mashinasi va poezd to‘qnashuvida Turkiya vatandoshi halok bo‘ldi (VIDEO)


Voqea joyidan olingan surat: Yuk mashinasi temir yo‘l o‘tish joyida yuk poezdi teplovozining chap tomonidagi yonilg‘i bakiga borib urilgan va yonib ketgan.
Voqea joyidan olingan surat: Yuk mashinasi temir yo‘l o‘tish joyida yuk poezdi teplovozining chap tomonidagi yonilg‘i bakiga borib urilgan va yonib ketgan.

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida Turkiyaning TAFA shirkatiga qarashli "Mersedes-Bens" yuk mashinasi temir yo‘l o‘tish joyida yuk poezdi bilan to‘qnashgani oqibatida bir Turkiya vatandoshi halok bo‘ldi.

Hodisa M37 yo‘lining 313inchi kilometrida 8 aprel kechki 11 lar yuz bergan.

Yuk mashinasi temir yo‘l o‘tish joyida yuk poezdi teplovozining chap tomonidagi yonilg‘i bakiga borib urilgan va yonib ketgan.

Бухорода юк машинаси поезд билан тўқнашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:54 0:00

Ozodlik halok bo‘lgan shaxs yuk mashinaning haydovchisi Turkiyaning Ig‘dir shahridan bo‘lgan 51 yoshli Kiraj Zeki ekanini aniqladi.

Turkiyaning TAFA shirkatiga qarashli "Mersedes-Bens" yuk mashinasi O‘zbekistonning Buxoro shahriga kafel olib kelayotgan bo‘lgan.

Halokat oqibatida yuk poezdiga jiddiy shikast yetmagan. Yuk mashinadagi yong‘in bartaraf etilib, temir yo‘ldan olingach, poezd harakatini davom ettirgan.

TAFA shirkati vakili Buxorodagi halokatda yuk mashinasi haydovchisi hayotdan ko‘z yumganini tasdiqladi, bu haqda qo‘shimcha izoh bera olmasligini aytdi.

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati vakili Ozodlikka Buxorodagi avtohalokatda turk vatandoshi o‘lgani haqida hozircha ma’lumotga ega emasligini aytdi.

-Hodisani o‘rganib, keyin bayonot beramiz, - dedi elchixona vakili.

Halokat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi surishtiruv olib bormoqda.

XS
SM
MD
LG