Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:33

Norozilar Sergeli hokimligidagi majlisda Bosh vazir bilan murosaga keldi (VIDEO)


Toshkent shahar, Sergeli tumanida aholi uylar narxi ortib ketganidan norozilik bildirdi. 2019, 10 aprel
Toshkent shahar, Sergeli tumanida aholi uylar narxi ortib ketganidan norozilik bildirdi. 2019, 10 aprel

11 aprel, kunning ikkinchi yarmida aholi bilan Sergeli tuman hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda hukumat raisi uylar narxi oshib ketganidan norozilarning e’tirozlarini tingladi va vaziyatni imkoni boricha o‘nglash choralari belgilandi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan hokimlik mulozimiga ko‘ra, uchrashuvda Bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevlar qatnashgan.

Kunning birinchi yarmida Toshkent shahrining barcha hokimliklari rasmiylari o‘zlarining Sergeliga ko‘chgan aholisi bilan uchrashgan edi.

11 apreldagi uchrashuvlar 10 aprel oqshomida Toshkent shahar Sergeli tumanidagi Qurilish shtabi oldida bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyasi ortidan o‘tkazildi.

Sergelida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan kvartira olayotganlar narxlar dastlab e’lon qilinganidan keskin ortib ketganidan norozilik bildirmoqda.

Норозилар Сергели ҳокимлигидаги мажлисда Бош вазир билан муросага келди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:50 0:00
Бевосита линк

Sergeli hokimligida 11 aprel kuni o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha vaziyatni o‘rganish uchun Hukumat komissiyasi tuzishga qaror qilindi.

Komissiyaga bir oy ichida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bank-kredit masalalarini o‘rganish; Qurilish vazirligi bilan esa, qurilgan uylar sifati darajasini o‘rganib, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilash vazifasi yuklatildi.

Sergelida norozilik aksiyalari 9 aprel kuni boshlandi. Shu kuni qariyb 60 kishi Prezident devoniga uylar qimmatlab ketganidan shikoyat qilib bordi. Norozilarning iddaosicha, rasmiylar ularni aldab, 3 ta avtobusga solib, Prezident devoni oldidan olib ketgan.

Бир гуруҳ тошкентлик уйлар нархи ошганига норозилик билдириб, президент девони олдида акция қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:55 0:00

10 aprel oqshomida esa, Sergelidagi Qurilish shtabi oldiga yana odamlar yig‘ildi. Aksiya ishtirokchilaridan birining Ozodlikka aytishicha:

“150 dan ortiq kishi shtabning oldida kech soat 6 dan 8 gacha yig‘ilib turdi Hokimlikdan, qurilishinvestdan odamlar, Uy-joy bo‘limining boshlig‘i S. To‘laganov chiqdi oldimizga. Narxda o‘zgarish bo‘lmaydi, deyishdi”.

10 aprel oqshomidagi voqealar aks etgan videolarda aholi bilan hokimlik vakillari o‘rtasidagi bahs-munozaralar aks etgan.

Sergelida norozilik nimadan chiqqanini Ozodlikning SizdanTelegram kanalida 20 martda e’lon qilingan mana bu qisqa xabardan tushunish mumkin:

“Toshkent shahri, Sergeli tumani, 40-uy 63-xonadondan yozmoqdaman. Kam ta’minlangan oilalar uchun qurilgan ko‘p qavatli uylardan birini boshlang‘ich 10 foiz to‘lov bilan oldik. Ammo ko‘chib kelganimizga 3 oy bo‘lmasdan uy narxi 40,1 foizga oshdi. Murojaat qilmagan joyimiz qolmadi, lekin hech qanday o‘zgarish yo‘q. Ehtiyojmand oilalar uchun qurilgan uylar narxini qayta-qayta oshirish to‘g‘ri emas-ku!”

Narxlar nega oshib ketdi?

Sergelidan uy olganlar uchun o‘ta muhim bo‘lgan bu savolga Ozodlik Qurilish vazirligining ismini oshkor etmaslik sharti bilan gapirgan yetakchi mutaxasisidan javob oldi.

Uning aytishicha, narxlar oshishining uch omili mavjud:

birinchidan , 2017 yil 2 sentabrda Prezidentning “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi va natijada qurilish materiallari narxi keskin - 200-300 foizga ko‘tarilib ketdi;

ikkinchidan, 2018 yil 1 yanvaridan boshlab ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilishi uchun imtiyozli narxlarda ajratilgan sement va metall mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish tartibi joriy etildi va natijada qurilish materiallari qimmatlab ketdi;

uchinchidan, 2017 yil 1 dekabrdan oylik ish haqi miqdorlari o‘rtacha 15% ga oshdi, shuningdek, 2018 yilda 2017 yilga nisbatan gaz, elektr energiyaci tariflari oshdi, natijada yana qurilish mollari narxlari oshdi.

Qurilish materiallari narxlarining ortib ketishiga sabab bo‘lgan uch omilni sanagan mutaxassis bunday dedi:

“Yuqorida keltirib o‘tilgan o‘zgarishlar natijasida 2018 yilda 2017 yilga nisbatan asosiy qurilish mollari narxlari o‘rtacha salkam 185,5% ga oshgan bo‘lib, tabiiy ravishda bu ko‘rsatkich ko‘p qavatli arzon uy-joylar narxlari o‘zgarishiga ta’sir etgan. Lekin arzon uy-joylar qurilishiga berilgan tegishli soliq imtiyozlar sababli, uy-joylarning 1 m.kv. narxlari 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 139% dan 141,0 % gacha o‘sgan.

2017 yilga nisbatan 2018 yilda narxlarning oshganligi sababli fuqarolar tomonidan dastlabki badalni to‘lashni engillashtirish maqsadida 2018 yil 18 iyuldagi 3863-sonli Prezident qaroriga ko‘ra, ko‘p qavatli arzon uy-joylar uchun fuqarolar tomonidan to‘lanadigan dastlabki badal miqdori xonadon narxining 25%i o‘rniga 15%i etib belgilandi. Buning natijasida yuzaga kelgan farq fuqarolar arizalariga asosan qaytarib to‘lab beriladi”, - dedi Qurilish vazirligi yetakchi mutaxassisi

Алоқадор

XS
SM
MD
LG