Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:28

Sotsiologlar: Patent to‘lovlarning asosiy qismi O‘zbekiston va Tojikiston vatandoshlariga to‘g‘ri keldi


Rossiyaga 2018 yilda kelgan migrantlari soni keskin kamaydi.

Ijtimoiy tahlil va taxminlar Instituti mutaxassislari keltirayotgan raqamlarga binoan, Rossiyaga kelayotgan muhojirlar soni 3,2 foizga kamaygan.

Soha ekspertlari bu raqamlar mehnat migratsiyaga taalluqli emasligi va ularga tayanishda ehtiyot bo‘lish kerakligiga e’tibor qaratmoqda.

"Nolegal migrantlar soni oshmoqda"

Rossiyaga 2018 yilda kelgan migrantlar soni 124,9 kishini tashkil etdi.

Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) qoshidagi Ijtimoiy tahlil va taxminlar Instituti mutaxassislari olib borgan tadqiqot natijasida Rossiyaga bo‘lgan migrantlar oqimi 2017 yilga nisbatan 4 foizga kamaygani xulosa qilingan.

E’lon qilingan hisobotda migrantlar oqimi Ozarbayjon, Armaniston va Turkmanistondan tashqari barcha boshqa mamlakatlardan kamaygani aytildi.

Sotsiologlar Rossiyaga kelayotgan muhojirlar soni ayniqsa yirik migratsiya donorlari sanalgan O‘zbekiston va Ukrainadan ozayganini ta’kidlashmoqda: 2018 yilda bu ikki mamlakatdan o‘tgan 2017 yilga nisbatan o‘rtacha 3,2 foizga kamroq migrant kelgan.

Shu bilan birga, Rossiyaning o‘zida aholi sonining tabiiy kamayishi kuzatilayotgani va migratsiya bu muammoni atigi 57%-gina qoplay olgani to‘g‘risida hisobotda aytildi.

RANXiGS tadqiqotchilari 2017 yilda migratsiya hisobiga Rossiya aholi sonini to‘liq qoplashga erishganini misol qilib keltirishdi.

Bundan oldinroq, shu yilning fevralida, Rosstat Rossiyaga ishchi-migrantlarni yetkazib berish bo‘yicha birinchilik Ukrainadan Tojikistonga o‘tgani qayd etilganini e’lon qilgandi.

Tadqiqotni olib borgan Ijtimoiy tahlil va taxminlar Instituti ilmiy xodimi Nikita Mkrtchyan 2018 yilda Rossiyadan chiqib ketgan migrantlar soni qariyb 17 foizga ko‘payganini ham hisobga olmoqligini bildirib o‘tdi.

Hisobotga ko‘ra, Rossiyada oxirgi yillarda olib borilayotgan migratsiya sharoitlarining keskinlashtirilishi legal tarzda ishlash ishtiyoqida bo‘lganlar sonini ham keskin kamaytirib yubormoqda.

"Mehnat migrantlarini legallashtirish jarayonida istiqbollarning yo‘qligi 2018 yilda ular tomonidan hujjat rasmiylashtirayotganlar sonining kamayishiga olib kelmoqda (1,77 mln.-2018 yilda, 1,8 mln – 2017 yilda). Oylik patent to‘lovlarining har yillik oshirilishi migrantlarning maoshlari stagnatsiyasi jarayonida oxir-oqibat bozorda legallashayotgan migrantlar soni kamayishiga olib kelmasdan iloji yo‘q. Ayni paytda, migrantlarning oylik ishga ruxsatnoma uchun to‘lovlari 2018 yilda yana ko‘tarilib, mahalliy byudjetlarga 57,3 milliard rubl miqdorida (2017 yilda – 51,3 mlrd. rubl) daromad keltirdi. Bu to‘lovlarning asosiy qismi O‘zbekiston va Tojikiston grajdanlariga to‘g‘ri keldi – bu ikki davlat grajdanlari patentlarning 88% rasmiylashtirildi", deyiladi rasmiy hisobotda.

Nikita Mkrtchyan Sharqiy Yevropa va Kavkazorti mamlakatlarining G‘arb davlatlariga emigratsiyasi oshib borayotgan bir vaqtda, “Rossiyada Markaziy Osiyodan boshqa donorlari yo‘q” deya xulosa qildi.

Ozodlik demografiya muammosi oldida turgan Rossiyada osonlashtirilgan tartibda grajdanlikni beruvchi qonun prezident Vladimir Putin tomonidan kuni-kecha imzolangani to‘g‘risida Ozodlik xabar qilgandi.

"Markaziy osiyodan bo‘lgan mehnat migratsiyasi kamaygani yo‘q, aksincha!"

Sankt-Peterburgdagi Yevropa universiteti professori, migratsiya masalalari bo‘yicha yirik rus olimi Sergey Abashin Ozodlik bilan suhbatda RANXiGS tadqiqotchilari keltirayotgan raqamlardan ehtiyot bo‘lib foydalanishni tavsiya qildi.

Uning fikricha, bu raqamlarga qator aniqliklar kiritish lozim:

- Aslida legal yoki nolegal tarzda mehnat qilayotgan migrantlar soni kamaygani yo‘q! Ularning umumiy soni hatto ko‘payib bormoqda.Markaziy Osiyodan ayniqsa ko‘paymoqda, Ukraina va Moldovadan haqiqatan kamaydi. Bu raqamlarni mahalliy ommaviy axborot vositalarida noto‘g‘ri talqin qilish kuzatilmoqda. RANXiGS tadqiqotchilari keltirayotgan raqamlar Rossiyada “doimiy” yoki “uzoq muddatli” yashash maqomini olayotganlarga – grajdanlikka, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasiga va RVPga topshirganlarga taalluqlidir.

Ikkinchi xatolik – “migrantlar soni kamaydi” deb jar solinayotganida. Aslida ular soni 250 ming kishi atrofida saqlanib turibdi. Masala Rossiyaga kelayotganlar va ketayotganlar soni o‘rtasidagi tafovutning oshib borayotganida: o‘tgan yilda Rossiyadan bu toifadagi odamlar qatoridan chiqib ketganlar soni ko‘paygan, xolos, dedi Sergey Abashin.

Suhbatdosh so‘nggi yillarda Rossiyadagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat mamlakatni tark etishga majbur etayotgan grajdanlar va grajdanlikni istovchilar sonini oshirib yuborganini gapirdi.

O‘z kuzatuvlari natijalari asosida Sergey Abashin oxirgi bir yilda Rossiyada mehnat migratsiyasi oqimi oshgani to‘g‘risida xulosa qilish mumkinligini ma’lum qildi.

- Ommaviy va vaqtinchalik mehnat migratsiyasi ko‘paymoqda. Bu Rossiya iqtisodiyoti 2014-16 yillarga nisbatan biroz muvozanatga kelgani bilan bog‘liq. Ayniqsa Markaziy Osiyodan. Ukraina va Moldova muhojirlari endi Yevropaga jo‘nab ketdi – shu sababli ular Rossiyaga oshiqmayapti. Rossiyaga doimiy yashashga kelayotganlar soni esa deyarli o‘zgarmasdan qolmoqda, chunki bu mahalliy hukumat qattiq nazoratidadir, deya xulosa qildi professor Sergey Abashin.

Rossiya statistika xizmati hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018 yilda mamlakatni 440 ming odam tark etgan.

Ammo, “Proekt” nashri olib borgan mustaqil izlanishlari natijasida Rossiyadan ketayotganlar soni 6 barobar ko‘p ekani to‘g‘risida e’lon qildi.

Jurnalistlar Vladimir Putinning uchinchi prezidentligi davrida Rossiyani 1,7 million odam tark etgani aniqlaganini ochiqladi.

XS
SM
MD
LG