Andijon viloyati Paxtaobod tumanining Madaniyat qishlog‘idan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor, 72 yashar Odiljon Qurbonovning arz qilishicha, uning tashlandiq joyda qishloq ahli uchun qurgan maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksini boshqa joyga ko‘chirib berish sharti bilan 2016 yilda buzishni boshlashgan.
“Avvalgi hokimning qarori bilan qurilgan edi. 2016 yilda boshqa joyga ko‘chirib beramiz deb buza boshlashdi. Tsexning yarmini buzishib, shundayligicha qolib ketdi. 18 odam ishsiz qoldi. Hozir ham o‘sha ahvolda turibdi. Yangi hokim tan olgisi kelmayapti. Qolganini ham buzamiz deyapti. Men aytdim, avval buzganlaringni boshqa joydan qurib beringlar, keyin buzasizlar. Bu kompleksda paxta, jun titish sexlari, objuvoz, tegirmon, kombikorma chiqaradigan sex bor edi. go‘yoki ishchi guruh kelib o‘rgangan ekan, mening nomimdan soxta imzo qo‘yilib dalolatnomalar tuzilgan ekan. Men bu gaplarni yaqinda eshitdim”, deydi Odiljon Qurbonov.
-----------------------------------------------------------------------------------------------Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!