Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:16

Erondagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 76 nafarga yetdi


Eron rasmiylari 19 martdan beri yuz bergan suv toshqinlari 76 nafar odam umriga zomin bo‘lganini hamda 2,2 milliard dollar moddiy ziyon keltirganini ma’lum qildi.

Suv toshqinlari avval Eronning shimoli-sharqida boshlangan, so‘ngra janubiy viloyatlarda ham yuz bergan. Toshqinlar tufayli minglab eronlik evakuatsiya qilindi.

Eron rasmiylari 14 aprel kungi bayonotida mamlakat sharqida yana sel kelishi va suv toshqinlari kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdilar.

Toshqinlar tufayli uylar, yo‘llar va ekin yo‘llari katta zarar ko‘rdi.

Ichki ishlar vaziri Abdulrizo Rahmoniy-Fazliy toshqinlar 25 viloyatda 4400 dan oshiq qishloqda zarar yetkazganini aytdi.

Transport vaziri Muhammad Islomiy esa 725 ko‘prik butunlay vayron bo‘lganini ma’lum qildi.

Eron meteorologiya xizmati yetakchisi Sahar Tojbaxsh maxsus parlament sessiyasi oldiga qilgan chiqishida kuzatilayotgan suv toshqinlari o‘nlab yildan beri kuzatilayotgan quruqlik tugaganidan darak bermasligini aytgan.

ISNA agentligining xabar berishicha, Tojbaxsh:

- Kuzatilgan suv toshqinlari iqlim o‘zgarishi va global isish natijasida yuzaga kelgan, - degan.

Ekspertlarga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida bu Eronda yuz bergan eng katta tabiiy ofat bo‘lmoqda.

Toshqinlar ortidan Eronga yaqin-olisda joylashgan davlatlar moddiy yordam ko‘rsatdi.

XS
SM
MD
LG