Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:24

Qozog‘iston bilan mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilishga oid bitim imzolandi (VIDEO)


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog‘iston prezidenti Qosimjo‘mart To‘qaev bilan. Toshkent, 2019, 15 aprel.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog‘iston prezidenti Qosimjo‘mart To‘qaev bilan. Toshkent, 2019, 15 aprel.

Oliy darajadagi O‘zbekiston – Qozog‘iston muloqoti samimiy va amaliy ruhda o‘tdi, muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga oid o‘nga yaqin hujjat imzolandi, deb xabar qildi davlat rahbarining rasmiy sayti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosimjo‘mart To‘qaev Qo‘shma bayonotni qabul qildilar. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi, O‘zbekiston va Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan ikki mamlakat fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida bitimlar, “Markaziy Osiyo” savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish to‘g‘risida memorandum va boshqa sohalarga oid kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Qozog‘iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum qabul qilindi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifingda davlat rahbarlari muzokaralar qardoshlik munosabatlariga xos anglashuv va samimiyat ruhida o‘tganini, hamkorlikning barcha jihatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishilganini ta’kidladilar. Ushbu davlat tashrifi mamlakatlarimizning strategik sheriklikni mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga intilishi qat’iy ekanini ko‘rsatdi.

Qozog‘iston prezidentining Toshkentga tashrifi. Bugun asosiy kun

15 aprelda Qozog‘iston prezidenti Qosimjo‘mart To‘qaevning Toshkentga davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlari boshlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoev hamkasbi Qosimjo‘mart To‘qaev bilan Ko‘ksaroyda kengaytirilgan va tor doirada muzokaralar o‘tkazadi.

Shundan so‘ng prezidentlar O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimi munosabati bilan qozoq san’at ustalarining konsertida ishtirok etadidar.

Tashrif doirasida iqtisodiy va gumanitar sohalarga oid hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Qozog‘iston rahbari Ko‘ksaroyda kutib olindi

Oliy martabali mehmon 15 aprel kuni Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu marosimdan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston rahbarini O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, bu keyingi yillarda ancha faollashgan siyosiy muloqotlarning izchil davomi ekanini ta’kidladi.

Qozog‘iston prezidenti 15 aprel kuni Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olindi.
Qozog‘iston prezidenti 15 aprel kuni Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olindi.

Qosimjo‘mart To‘qaev Toshkentga 14 aprelda davlat tashrifi bilan keldi.

Qozog‘iston prezidenti Qosimjo‘mart To‘qaev 14 aprelda O‘zAga bergan intervyusida o‘zi rahbarlik qilayotgan mamlakat bilan strategik sheriklik 2016 yilda hokimiyatga kelgan Shavkat Mirziyoev tomonidan mustahkamlanganini e’tirof etdi.

Қосимжўмарт Тўқаев: Қозоғистон билан стратегик шерикликни Шавкат Мирзиёев мустаҳкамлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:39 0:00

“Davlatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlashda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev asosiy rol o‘ynadilar”, - dedi Qosimjo‘mart To‘qaev.

Unga ko‘ra, buning ortidan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar keskin yaxshilandi va o‘tgan yili “taxminan 50 foizga o‘sib, 3 milliard dollarni tashkil qildi”.

“Hozirgi vaqtda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va chegaraoldi hamkorligini mustahkamlash asosiy vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatlarimiz ushbu sohalarda yuksak salohiyatga ega. Hukumatlarimiz 2020 yilda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan”, - deb bildirdi prezident.

Қозоғистоннинг муваққат президенти Ўзбекистонга келди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:35 0:00

Qosimjo‘mart To‘qaev O‘zbekiston va Qozog‘iston oldida turgan birinchi galdagi vazifa “dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun tranzit infratuzilmasini takomillashtirish va boshqa mamlakatlar bilan transport kooperatsiyasini rivojlantirish” ekanini ta’kidladi.

“Shuningdek, nazorat-o‘tkazish punktlarimizni modernizatsiya qilish ishlarini nihoyasiga yetkazamiz, bu davlat chegaralaridan o‘tishda vaqtni sezilarli darajada tejash imkonini beradi. Zamonaviy chegara va bojxona infratuzilmasini yaratish – bizning maqsadimiz bo‘lib qolaveradi. Bu oddiy fuqarolar uchun, biznes uchun zarur, bundan tashqari, bu ishlar mamlakatlarimiz sayyohlik salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi”, - dedi Qozog‘iston rahbari.

O‘zA qozoq tilida ham yangiliklar bera boshladi

O‘zA 13 apreldan boshlab qozoq tilida ham yangiliklarni bera boshladi. Buning uchun O‘zA saytida alohida sahifa tashkil etildi.

Bunga qadar O‘zbekistonning davlatga qarashli Milliy axborot agentligi hisoblanadigan O‘zA yangiliklari o‘zbek, rus, ingliz, frantsuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillarida tarqatilar edi.

“O‘zbekistonda “Qozog‘iston yili”ning ochilishi munosabati bilan rasmiy axborot agentligi sahifalariga ilk bor qozoq tili ham qo‘shildi”, deyiladi O‘zA xabarida.

O‘zbekiston va Qozog‘iston 2020 yilga kelib tovar aylanmasini 5 mlrd. dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosimjo'mart To'qaev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAga O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida erishilgan natijalar, hamkorlikni rivojlantirishning joriy holati va istiqbollari xususida intervyu berdi.

Qozog‘iston prezidenti bergan intervyusida "davlatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlashda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev asosiy rolь o‘ynadilar", deb qayd etdi.

«Hozirgi vaqtda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va chegaraoldi hamkorligini mustahkamlash asosiy vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatlarimiz ushbu sohalarda yuksak salohiyatga ega. Hukumatlarimiz 2020 yilda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga etkazishni maqsad qilgan», - dedi To'qaev.

To'qaevning so‘zlariga ko‘ra, «Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida konstruktiv muloqot yo‘li bilan hal qilib bo‘lmaydigan masala deyarli yo‘q ekani tahsinga sazovor». «Mening nazarimda, Nur-Sulton va Toshkent oldida turgan mushtarak maqsad va vazifalar keng ko‘lamli hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun kuchli turtki bo‘lib xizmat qiladi», deya ta’kidladi To'qaev.

14 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosimjo‘mart To‘qaev​ ikki kunlik davlat tashrifi bilan Toshkentga bordi. Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Prezidentlar Qozog‘istonda yakuniga yetgan O‘zbekiston yilining mantiqiy davomi sifatida O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimida ham qatnashadi.

XS
SM
MD
LG