Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:17

Shovqin ustida janjallashib kelgan qo‘shni o‘zbekistonlik ayolni chavaqlab tashladi


O‘ldirib ketilgan asli o‘zbekistonlik Umida Egamurotova Rossiya vatandoshligini olgan.
O‘ldirib ketilgan asli o‘zbekistonlik Umida Egamurotova Rossiya vatandoshligini olgan.

Tula viloyatida o‘zbekistonlik kassir ayolni do‘konda qo‘riqchi va xaridorlar ko‘z oldida chavaqlab ketgan shaxs qo‘lga olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni bo‘lib yashagan qotil va qurbon o‘rtasida shovqin ustida muntazam janjal sodir bo‘lib turgan va piyonista erkak navbatdagi shunday mojarodan so‘ng uni supermarketda pichoqlab o‘ldirgan.

29 aprel kuni Tula viloyatining Uzlovaya shahridagi “Pyaterochka” supermarketida 34 yoshli Andrey K. kassir ayolga hujum qilib, unga pichoq bilan 21 marotaba jarohat yetkazdi.

Rossiya IIV tarqatgan xabarga ko‘ra¸ 33 yashar Umida ismli asli o‘zbekistonlik ayol kasalxonaning reanimatsiya bo‘limida jon bergan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Tula viloyat boshqarmasi rasmiysi ad Anna Kirecheevaning Ozodlikka aytishicha¸ qotillikda ayblanayotgan shaxs tezkor qidiruv amaliyoti natijasida Uzlovaya atrofidagi dala hovlilardan birida hibsga olingan.

Andrey K. qotillik sodir etilgan kuniyoq hibsga olindi
Andrey K. qotillik sodir etilgan kuniyoq hibsga olindi

- Ha, u hibsga olindi. Qotillik sabablari bo‘yicha bizda yakuniy xulosalar tayyor, ularni keyinroq e’lon qilamiz. Ayol uchta farzandi bilan birga Tula viloyatining Uzlovaya shahrida yashab kelgan. Bilishimcha, ular bilan vasiylik organlari shug‘ullanishayapti. 34 yashar qotillikda gumonlangan shaxs kecha Uzlovaya atrofidagi dala hovlilaridan birida qo‘lga olindi va “Pyatyorochka” xodimlari qotillikni aynan shu shaxs sodir etganini tasdiqlashdi, dedi tergov vakilasi.

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiya agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari o‘ldirilgan ayolning 33 yashar o‘zbekistonlik Umida Egamurotova ekanini bildirdi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan vakolatxona rahbari Saidno‘mon Mansurov bu xabar ortidan Uzlovaya politsiya va Tergov qo‘mitasi boshqarmalari bilan boshlanib¸ o‘zbekistonlik ayol masalasida zaruriy ko‘mak berishga hozir ekanini bildirganini aytdi.

- Jabrlangan ayol Rossiya grajdanligida ekanligi aniqlandi, ammo biz uning oila a’zolariga zaruriy barcha ko‘mak berishga tayyor ekanimizni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Bolalar hozircha yaqin qarindoshlari qaramog‘ida qolmoqda. Ayolning jasadi hozirda mahalliy morgda espertizada. Vaziyatni kuzatib borayapmiz, dedi Saidno‘mon Mansurov.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ qotillikda ayblanayotgan 34 yoshli Andrey K. va Umida Egamurotova qo‘shni bo‘lib yashab kelgan.

O‘ldirilgan ayolni taniganlardan biriga ko‘ra, ichkilikka rujo‘ qo‘ygan Andrey doimo uyida baland ovozda musiqa eshitib kelgan va uch farzandning onasi Umida bir necha marotaba u bilan shu masalada tortishgan va hatto sudlashishgacha borgan.

Qotillikdan oldin¸ aytilishicha¸ Andrey o‘zbekistonlik ayolning eshigini buzib kirgan va mojaro politsiya aralashuvi bilan tinchitilgan.

28 aprel kuni mast holatda bo‘lgan Andrey Umida ishlab kelgan “Pyatyorochka”ga pichoq ko‘tarib kelib, uni chavaqlab tashlagani do‘kon nazorat kameralarida aks etdi va bu videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Tula viloyat tergov boshqarmasi sodir etilgan jinoyat yuzasidan RF Jinoyat Kodeksining 105-moddasi 1-qismi (“qotillik”) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilishdi.

XS
SM
MD
LG